Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Havza boshqarmasi tuzilmasi


Download 184.5 Kb.
bet2/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

2-bob. Havza boshqarmasi tuzilmasi
10. Havza boshqarmasi tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Havza boshqarmasining Markaziy apparati;




Havza boshqarmasi huzuridagi:
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi;

Meliorativ ekspeditsiya;

“Amu-Zang” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;

“Surxon-Sherobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;

“Toʻpolong Qoratogʻ” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;

“Surxondaryo” magistral tizimi boshqarmasi;




Angor tuman irrigatsiya boʻlimi;

Bandixon tuman irrigatsiya boʻlimi;

Boysun tuman irrigatsiya boʻlimi;

Denov tuman irrigatsiya boʻlimi;

Jarqoʻrgʻon tuman irrigatsiya boʻlimi;

Qiziriq tuman irrigatsiya boʻlimi;

Qumqoʻrgʻon tuman irrigatsiya boʻlimi;

Muzrobod tuman irrigatsiya boʻlimi;

Oltinsoy tuman irrigatsiya boʻlimi;

Sariosiyo tuman irrigatsiya boʻlimi;

Termiz tuman irrigatsiya boʻlimi;

Uzun tuman irrigatsiya boʻlimi;

Sherobod tuman irrigatsiya boʻlimi;

Shoʻrchi tuman irrigatsiya boʻlimi.



3-bob. Havza boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Havza boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari
11. Havza boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
Suv xoʻjaligi sohasini kompleks modernizatsiyalash, mintaqaning suv xoʻjaligi obyektlari ga fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv xoʻjaligi siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Suv xoʻjaligiga xorijiy investitsiyalar, grantlar va texnik yordamlarni jalb etish choralarini koʻrish, loyihalarni boshqarishga muvofiq ulardan samarali foydalanishni taʼminlash;
Suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish;
Kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish muntazam ravishda samarali tashkil etilishini taʼminlash;
Suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilishda ishtirok etish;
Suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishni tashkil etish;
Hududiy boʻlinmalar tarkibidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish.
12. Quyidagilar Havza boshqarmasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Suv xoʻjaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish mexanizmlari va strategiyasi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Vazirlik Hayʼat qarorlari va buyruqlarini bajarish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning investitsiyalari, imtiyozli kreditlari, grantlari va texnik yordamlarini jalb etishga koʻmaklashadi, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashadi hamda ulardan oqilona va maqsadli foydalanishni taʼminlaydi;
Vazirlikka suv xoʻjaligi sohasida xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;
Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, suvni boshqarish samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini faol joriy etishni taʼminlaydi;
Suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarni tuzish, ularni rivojlantirishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi, suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʻjaligi obyektlari texnik holati, ularni taʼmirlash va tiklash ishlari boʻyicha monitoring olib boradi;
Yer usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqarishni amalga oshiradi;
Irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv xoʻjaligi obyektlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni tashkil qiladi;
Suv resurslarini hisobga olish va hisoboti yuritilishini tashkil etadi, davlat suv kadastrining “Suvdanfoydalanish” boʻlimini yuritishda ishtirok etadi;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati, sugʻorish va kollektor-drenaj suvlariningsifati monitoringini yuritadi;
Suv resurslari prognozini tahlil qiladi va irrigatsiya tizimlari, tumanlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suvdan tejab foydalanganliklari uchun ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suv isteʼmolchilari uyushmalariga suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalarni tuzish, ularning sugʻorish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashishlariga koʻmaklashadi va monitoring yuritadi;
Suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hududiy boʻlinma, idoraviy mansub tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, shu jumladan, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Hududiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlarda suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalari bilan talabalar va oʻquvchilarning oʻquv-tanishish hamda oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi;
Idoraviy mansub tashkilotlarga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda amaliy yordam beradi;
Suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va autsorsingni joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Vazirlikka kiritadi;
Suv xoʻjaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi;
Suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, magistral kanallar boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya boʻlimlari faoliyatini nazorat qiladi.
2-§. Xavza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda — nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi) asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka va Havza boshqarmasiga yuklagan vazifalar hamda funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tegishli davlat nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlar, podstansiyalar, transformatorlar, elektr uzatish va aloqa tarmoqlari, avtotransport vositalarini texnik soz holatda saqlash, ularning ishonchli ishlashini hamda takomillashtirilishini taʼminlash;
Nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari hamda meliorativ nasos stansiyalari va quduqlarning samarali ishlashini taʼminlash;
Elektr energiyasi va boshqa resurslarni iqtisod qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sarflangan elektr energiyasi va yetkazib berilgan suvlarning hisobi va hisobotini yuritish;
Ajratilgan mablagʻlardan, moddiy-texnikaresurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
Oʻz vakolat idoirasida moliyaviy hujjatlar, oylik, choraklik va yillik elektr energiyasi hisobotlari, texnik hisobotlar va boshqa zarur boʻlgan hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishiga hamda haqqoniyligiga javob berish.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling