Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


Quyidagilar nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining asosiy funksiyalari hisoblanadi


Download 184.5 Kb.
bet3/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

14 Quyidagilar nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tegishli nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlarni, suv uzatish tarmoqlarini, podstansiyalarni, transformatorlarni, elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa va avtotransport vositalarini oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
Tub va joriy taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
nasosstansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlarning ajratilgan suv olish va elektr energiyasi limitlari hamda yoqilgʻi-moylash materiallari doirasida tegishli shartnomalar asosida samarali ishlashini taʼminlaydi;
suv va ishlatilgan elektr energiyasi hisobi va hisobotini yuritadi, raqamli texnologiyani belgilangan tartibda joriy qiladi;
ajratilgan elektrenergiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
byudjet mablagʻlari hamda xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlaydi va tegishli statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi;
nasosstansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlarni tub va joriy taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
nasosstansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlarning hududiy boʻlinmalar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jadvallar asosida samarali ishlashini taʼminlaydi;
suvxoʻjaligitashkilotlari, suv isteʼmolchilari va boshqa shaxslarga shartnoma asosida suv xoʻjaligi hamda qonunchilik hujjatlarida manetilmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimlarini belgilangan tartibda maxsus kiyimlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlaydi;
kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, kadrlar malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil qiladi, kadrlar zaxirasini yaratish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari va professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy boʻlinmalarga kiritadi;
nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlardan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling