Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


Tuman irrigatsiya boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat


Download 184.5 Kb.
bet13/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

32. Tuman irrigatsiya boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Funksional vazifalarni xodimlar oʻrtasida va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlash, ularning masʼuliyati darajasini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-sonva “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga asosan tumanlar irrigatsiya boʻlimlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tumanlar irrigatsiya boʻlimlari xodimlarining topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik Hayʼati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari, hududiy boʻlinmalarining buyruq va topshiriqlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaror va farmoyishlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etishni taʼminlash;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
Havza boshqarmasi boshligʻiga, uning oʻrinbosarlariga tuman irrigatsiya boʻlimlariga kadrlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash hamda ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tumanlar irrigatsiya boʻlimlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Tuman irrigatsiya boʻlimi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Tuman irrigatsiya boʻlimlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish uchun takliflar kiritish yoʻli bilan ularni bartaraf qilish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Tuman irrigatsiya boʻlimlari xodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qoʻshimchalar, moddiy yordam, ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash va intizomiy choralar qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida hududiy boʻlinmalarga takliflar kiritish;
Davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan maʼlumotlar himoyasini taʼminlash.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling