Analitik geometrya


Download 286.07 Kb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi286.07 Kb.
#1574295
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Muntazam ko’pyoqlarning hajmlari”

Teorema: Silindirga ichki shar chizsh mumkin faqat va faqat silindir balandligi asos diametriga teng bo‘lsa.
Ichki chizilgan shar markazi, silindir asoslari markazlarini tutashtiruvchi kesma o‘rtasida bo‘ladi.
Shar silindirga tashqi chizilgan deyiladi (silindir sharga ichki chizilgan), agar silindir asoslari aylanalari shar sirtida yotsa.
Istalgan silindirga tashqi shar chizish mumkin. Tashqi chizilgan shar markazi silindr o‘q kesimiga tashqi chizilgan aylana markazi bilan ustma-ust tushib, radiusi shu aylana radiusiga teng bo‘ladi.
Silindr konusga ichki chizilgan deyiladi, agar silindrning bitta asosi konus asosida yotib, ikkinchi asosi aylanasi konus yon sirtida yotsa.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, stereometriya bo‘limi eng murakkab bo‘limlardan biri bo‘lib, bo‘limga oid misol va masalalarni yechish o‘quvchidan chuqur bilim va keng tasavvurni talab etadi. Figuralarning taxminiy chizmasini chizish, ularni bo‘laklarga ajratish yoki bo‘laklardan butun bir figura hosil qilish va bu chizmalar yordamida masalalarning to‘g‘ri yechimlarini topish uchun o‘quvchida yetarli darajada nazariy bilim va boy tasavvur bo‘lishi lozim.
Aynan ko‘pyoqlar, muntazam ko‘pyoqlarga oid misol va masalalarni ishlashda avvalo muntazam ko‘pyoqlarning turlarini bilish, ularni xossalarini bilish va ularning sirti, hajmlarini topish formulalarini o‘rganish zarur.
Ushbu kurs ishining maqsadi ham muntazam ko‘poqlarning mana shu xossalarini o‘rganish, turlarini o‘rganish, ularning sirti va hajmlarini hisoblash formulalarini keltirib chiqarish va misol-masalalarni turli xil oson usullar bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l ta‘lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosini eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot ustoz va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma‘naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling