Analitik kimyo fani Sifat analizidan masala va misollar yechish bo’yicha uslubiy ko’rsatma uslubiy ko`rsatma Buxoro oo va esti «Umumiy kimyo»
Download 1.31 Mb.
|
Analitik kimyo fani Sifat analizidan masala va misollar yechish
Masalalar echish uchun namunalar
1-masala. 1 M [Zn(NH3)4]CI2 eritmasidagi Zn2+, NH3 ionlarini kontsentratsiyasi va kompleks ionning dissotsiatsiyalanish darajasi hisoblang. Echish. 1) Kompleks ionning eritmada quyidagicha dissotsiatsiyalanadi: [Zn(NH3)4]2+ ↔ Zn2+ + 4NH3 2) Kompleks ionning beqarorlik doimiyligi yoziladi: [Zn2+] = X [NH3]= 4 X ionlarga ajralmagan ionlar kontsentratsiyasi 1 – X bilan ifodalanadi. 3) Beqarorlik doimiyligi formulasiga ifodalar quyilsa. X 1 ga nisbatan juda kichik bo`lganligi sababli X ning qiymatini hisobga olinmaydi: K = X(4 X)4 = 256 X5 = 2,6*10-10 [Zn2+] = 4,0*10-3 mol’/l Unda ammiakning kontsentratsiyasi: [NH3] = 4,0*10-3 * 4 = 16 * 10-3 = 1,6*10-2 mol’/l 4) Dissotsiatsiyalanish darajasi hisoblanadi Foizlarda α = 0,004 *100 = 0,4 % 2-masala. 0,2 m CuSO4 eritmasiga teng hajmda 2 m ammiak eritmasi qo`shildi. eritmada [Cu(NH3)4]2+ kompleks ion hosil bo`lgan deb, Cu2+ ionni kontsentratsiyasi hisoblang. Echish. 1) Kompleks ion quyidagicha dissotsiatsiyalanadi: 2) Cu2+ ionlarining muvozanatdagi kontsentratsiyasi X deb, [Cu(NH3)4]2+= 0,2 – x. Kompleks hosil bo`lganda ammiakning kontsentratsiyasi 4*(0,2-x) ga kamayadi. Muvozanatdagi kontsentratsiyasi 2 – 4 (0,2 – x) = 1,2 – 4x (mol’) Eritmada: [Cu2+] = x, [Cu(NH3)4]2+ = 0,2 – x, [NH3] = 1,2 – 4 x 3) Topilgan ifodalar beqarorlik doimiyligi ifodasi quyiladi: 0,02 va 1,2 qiymatlari x dan katta bo`lganligi sababli 4) Demak, eritmadagi Cu2+ ionlari kontsentratsiyasi 8,1*10-4 mol’/l. Kompleks ionlarning buzilish va cho`kmalarning erishidan ularning bo`lishi kompleks ionning beqarorlik doimiyligi va qiyin eruvchanlik birikmani eruvchanlik ko`paytmasi ma`lum bo`lsa, kompleks ionni buzilishi va qiyin eruvchan birikma hosil bo`lishi to`g’risidagi masalani hal qilish mumkin. 3-masala. 10 ml 0,01 m Na[AqS2O3] tuzi eritmasiga 0,1 m KBr eritmasi qo`shilganda AqBr cho`kmasi hosil bo`ladimi? Echish. 1) eritmalarni aralashtirilganda moddalarning kontsentratsiyasi o`zgaradi: 2) Kompleks ion quyidagicha dissotsiatsiyalanadi: 3) Aq+ va S2O32- ionlarini kontsentratsiyasi x teng, kompleks ionni kontsentratsiyasi 0,0033 – x deb ifodalanadi unda, 4) KBr kuchli elektrolit bulib eritmada to`liq ionlarga dissotsiatsiyalanadi. KBr ↔K+ + Br- [Br-] = 6,66*10-2 mol’/l 5) AqBr eruvchanlik ko`paytmasi yoziladi: EKAqBr = [Aq+] [Br-] = 2,23*10-6*6,66*10-2 = 14,85*10-8 =1,48*10-7 Ilovadagi 3-jadvaldan olingan eruvchanlik ko`paytmasing qiymati (EKAqBr = 5,3*10-13) bilan solishtirilsa, 1,4*10-7 > 5,3*10-13 dan, demak berilgan sharoitda AqBr cho`kmaga tushadi. 4-masala. 0,1 g AqJ eritish uchun 1 m Na2S2O3 eritmasidan necha ml kerak. Echish. 1) AqJ ning Na2S2O3 da erish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin. AqJ + Na2S2O3 ↔Na[AqS2O3] + NaJ AqJ + S2O32- ↔ [AqS2O3]- + J- 2) Muvozanat doimiyligi quyidagicha yoziladi: ( 1 ) EKAqJ = [Aq+][J-] bunda ( 2 ) –chi formula (1) chi formulaga quyilsa, ( 3 ) ( 4 ) –chi formula (3) chi formulaga quyilsa, ; Ilovadagi 5-jadvaldan 3) eritmaga o`tgan AqJ ning mol’ miqdorini x bilan, unda AqJ ning erish tenglamasidan [AqS2O3]- = [J-] = x, muvozanatdagi[S2O32-] = 1-x. Bu qiymatlarni muvozanat doimiyligi qiymatiga quyilsa, Maxrajdagi x hisobga olinmasa ; Demak, 1 l 1 m Na2S2O3 eritmasida 2,35*10-4 mol’ AqJ erishi mumkin. 4) 0,1 g AqJ mol’ Agar 1 l Na2S2O3 2,35*10-4 mol’ AqJ ni eritsa, 4,25*10-4 mol’ AqJ ni eritish uchun qancha hajm Na2S2O3 kerak bo`ladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling