Analizning optik usullari


-§. Spektr oluvchi asboblarning turlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1579829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)

30.5-§. Spektr oluvchi asboblarning turlari 
Spektral asbobning tuzilishi uning optik sxemasi, spektrni qayd 
qilish usuli va ba’zida bajariladigan analizning turi bilan aniqlanadi. 
Spektroskop – nur kirish kollimatori, dispersiyalovchi qism va 
kuzatish trubasidan iborat. Bu asbob asosan, metallurgiya, tibbiyot va 
biologiyada sifat va yarim miqdoriy analizlarni o’tkazish uchun 
qo’llaniladi. 
Stiloskop – metallar va qotishmalardagi turli elementlarning 
miqdorini, ular chiqargan spektral chiziqlarning nisbiy intensivligiga 
ko’ra qo’pol (50% gacha nisbiy xatoliklar bilan) yaqinlashishda 
aniqlashga mo’ljallangan. Stiloskopda yorug’lik manbai sifatida uning 
buyum stolchasiga o’rnatiladigan namuna bilan aylana shaklidagi 
doimiy elektrod (temir yoki misdan) o’rtasida hosil qilinadigan yoy yoki 
uchqun razryadlari xizmat qiladi. 
Stilometr – po’lat va qotishmalardagi turli elementlarning 
miqdorini ularga tegishli chiziqlarning nisbiy intensivligi bo’yicha tez 
topish uchun ishlatiladi. Stiloskopdan farqli stilometrda spektral 
chiziqning intensivligi fototokka aylantiriladi va kuchaytirilgandan 
so’ng uning qiymati o’lchaniladi. 
Kvantometr – atom emission spektrlari yordamida po’lat va 
qotishmalarning tarkibiga kiruvchi bir nechta elementni bir vaqtda 
aniqlash uchun ishlatiladi. Stilometrdan farqli kvantometrda 
monoxromator o’rniga polixromator o’rnatilgan. Polixromator chiqarish 
tirqishining orqasiga fotoelementlar yoki fotoko’paytirgichlar 
o’rnatilgan. Ba’zi kvantometrlarda ularning soni 100 tagacha boradi. 
Har xil analiz uchun ishlatishga mo’ljallangan, spektrni 
fotoelektrik usul bilan qayd qiluvchi ko’pchilik spektral asboblar 


spektrometrlarga kiradi. Ularda spektr olish monoxromator uzluksiz 
ajratib berayotgan spektrning qismlarini o’ziyozar asbobga qayd qilish 
orqali amalga oshiriladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling