Analizning optik usullari
-§. Spektr oluvchi asboblar
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)
30.2-§. Spektr oluvchi asboblar
Spektral asboblar moddalarning, to’lqin uzunligi 10 -3 – 10 3 mkm oraliqda o’zgaruvchi optik spektrlarini o’lchash asosida sifat va miqdoriy analiz o’tkazish uchun mo’ljallangan. Zamonaviy spektral asbob uchta asosiy qismdan iborat; yorituvchi I, spektral (optik) II va qabul hamda qayd qiluvchi III (1.3-rasm). Asbobning yorituvchi qismiga 1 yorug’lik manbai va 2 kondensor linzalari yoki ko’zgular kiradi. Bu qismning asosiy vazifasi 4 kirish tirqishini bir tekis yoritishdan iborat. Absorbsiyaga asoslangan analizda asbobning yorituvchi qismiga odatda, namunalarni o’rnatishga mo’ljallangan kyuveta bo’lmasi ham joylashtiriladi. 30.3-rasm. Spektr oluvchi asbobning prinsipial chizmasi. Asbobning spektral qismi kollimator (kollimator 4 diafragma va nur kiruvchi 5 obyektivdan iborat), 6 dispersiyalovchi sistema (bu sistema odatda, prizma yoki difraksiyalovchi panjaradan iborat) va nur chiqadigan 7 obyektivdan iboratdir. Nur chiqadigan 7 obyektivning fokal tekisligiga 8 fotoplastinka (fotografiya usulida) yoki nur chiqadigan chiqish tirqishi (fotoelektrik usulda) o’rnatiladi. Asbobning qabul va qayd qiluvchi qismi ko’z bilan qarab kuzatish usulida ko’rish trubasining 9 okulyari va 10 kuzatuvchining ko’zidan, fotografiya usulida 11 fotoplastinka yoki fotoplyonkadan, fotoelektrik usulda esa 12 chiqish tirqishining orqa tomoniga o’rnatilgan 13 yorug’lik qabul qilgichdan (fotoelement, fotoqarshilik, bolometr, fotoelektron ko’paytirgich), 14 kuchaytirgich va 15 qayd qiluvchi qurilmadan (kompyuter) iborat bo’ladi. Spektral asboblar quyidagi turlarga bo’linadi spektroskop, stiloskop, spektrograf, stilometr, kvantometr, spektrometr, spektrofotometr. Spektral asboblarning asosiy optik xarakteristikalariga quyidagilar kiradi: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling