Analizning optik usullari


Yorug’lik nurini elektr signaliga aylantiruvchi yorug’lik qabul


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1579829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)

Yorug’lik nurini elektr signaliga aylantiruvchi yorug’lik qabul 
qilgichlar. Spektroskopiyada nurlanish energiyasini o’lchash uchun 
ishlatiladigan yorug’lik qabul qilgichlar odatda, yorug’lik energiyasini, 
chiqish qarshiligida hosil bo’ladigan kuchlanishga yoki elektr tokiga 
aylantiradi. Yorug’likni elektr tokiga aylantirish mexanizmi (usuli, 
jarayoni) bo’yicha bu qabul qilgichlar ikki sinfga bo’linadi. Birinchi 
sinfga, yorug’lik qabul qiluvchi elementni isitish uchun sarflanadigan 
issiqlik energiyasini ma’lum fizikaviy hodisalar asosida (termoelektrik 
effekt, issiqlik ta’sirida rezistor qarshiligini o’zgarishi va hokoza) elektr 
energiyasiga (signaliga) aylantiruvchi yorug’lik qabul qilgichlar kiradi. 
Bunday qabul qilgichlar ichida eng ko’p ishlatiladiganlari bolometrlar
termoelementlar va optik-akustik qabul qilgichlardir. 
Ikkinchi sinfga, qabul qiluvchi elementga tushayotgan fotonlar 
miqdorini sezuvchi fotoelektron qabul qilgichlar kiradi. Bunday qabul 
qilgichlarning 
sezgirligi, 
yorug’lik 
ta’sirida 
hosil 
bo’lgan 
fotoelektronlarning yutilgan fotonlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Ideal 
yorug’lik qabul qilgich uchun bu nisbat birga teng. Bunday yorug’lik 
qabul qilgichlar ikki turga bo’linadi: 1) tashqi fotoeffekt hodisasiga 
asoslangan yorug’lik qabul qilgichlar, bularga – fotoelementlar, 
fotoelektron ko’paytirgichlar (FEK), elektron-aylantirgichlar kiradi. 2) 


ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan yorug’lik qabul qilgichlar, bularga 
– fotorezistorlar (fotoqarshiliklar) va fotodiodlar kiradi. 
Yorug’lik qabul qilgichlarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri
ularning nur qabul qiluvchi qismi, o’ziga tushayotgan yorug’lik 
energiyasini imkoni boricha ko’p yutsin. Shuning uchun, yorug’lik qabul 
qilgich yaxshi ishlaydigan spektrning sohasi, uning qabul qiluvchi 
elementini nur yutish qobiliyati bilan aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda nurlanish energiyasini bevosita elektr signaliga 
aylantirishga asoslangan fotoelektrik detektirlash usuli keng tarqalgan. 
Fotoelektrik detektorlar sifatida tashqi fotoeffekt hodisasiga asoslangan 
qurilmalar (fotoelementlar, fotoelektron ko’paytirgichlar) va fotodiodlar, 
fotoqarshiliklar, zaryad orqali bog’langan asboblar kabi turli xil yarim 
o’tkazgichli qurilmalar ishlatiladi.
Fotoelement vakuumlangan kolbadan iborat bo’lib uning markaziga 
anod o’rnatiladi, fotokatod esa kolbaning ichki yuzasiga surtilgan bo’ladi. 
Fotokatod, spektrning ishchi sohasiga qarab har xil materiallardan 
tayyorlanadi (Cs—Sb, Ag—O—Cs, Na—K—Sb—Cs). Fotokatodga 
yorug’lik tushganda uning yuzasidan urib chiqarilgan elektronlar elektr 
maydonining ta’sirida tezlashib anodga kelib zanjirda tok hosil qiladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling