Analizning optik usullari


Fotoelektron ko’paytirgich (FEK)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1579829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)

Fotoelektron ko’paytirgich (FEK) bu ham katod va anod oralig’iga 
elektronlarning 
ikkilamchi 
emitterlari 
hisoblangan 
qo’shimcha 
elektrodlar 
sistemasi 
(dinodlar) 
joylashtirilgan 
fotoelementdir. 
Dinodlarga ketma-ket ortib boruvchi potensiallar beriladi. Har bir 
elektron dinodning sirtiga urilganda undan bir nechta ikkilamchi 
elektronlar chiqadi. O’z navbatida ularning har biri navbatdagi dinod 
maydonining ta’siri ostida tezlanish oladi va uning yuzasiga uriladi va bu 
jarayon ko’p marta takrorlanadi. Shunday qilib, fotoelektron 
kuchaytirgich, nafaqat yorug’lik qabul qilgich rolini balki signalni 
kuchaytirgich rolini ham bajaradi. Bitta boshlang’ich elektron, elektronlar 
ko’chkisini qo’zg’atishi mumkin. O’n ikki dinodli zamonaviy FEK larda 
kuchaytirish koeffisiyenti 10

gacha borishi mumkin.
Fotoqarshiliklar va fotodiodlar yarimo’tkazgichli asboblar 
hisoblanadi. Ularni yoritganda qarshiligi keskin kamayadi. Fotoqarshilik 
yarimo’tkazgich materialdan tayyorlangan yupqa plastinka ko’rinishga 
ega. Fotodiod esa, 
p
- va -turdagi yarimo’tkazgichlar bir-biriga 
yopishtirilgan ko’rinishda tayyorlanadi. Bunday qurilmalar yorug’lik 
tushmayotgan vaqtda elektr zanjiriga ulansa, ulardan qorong’ulik toki deb 
ataluvchi kuchsiz tok oqadi. Yoritilganda esa tok kuchi ortadi.


Zaryad orqali bog’langan asboblar yarimo’tkazgichli asboblarning 
alohida turini tashkil etadi. Zaryad orqali bog’langan asboblar 
kondensatordan iborat bo’lib, uning bir qoplamasi metaldan, ikkinchisi 
esa 

p
yoki 

tipidagi yarimo’tkazgichdan tayyorlanadi. Qoplamalar 
orasiga dioksidkremniydan tayyorlangan juda yupqa dielektrik 
joylashtiriladi. Asbobni, kondensator tomonidan to’plangan zaryad unga 
tushayotgan nurning intensivligiga va yoritish vaqtiga proporsional 
bo’ladigan shartni qanoatlantiradigan yo’sinda elektr sxemaga ulash 
mumkin. 
Fotoqarshilik, fotodiod va zaryad orqali bog’langan asboblar kabi 
detektorlar asosan spektrning ultrabinafsha, ko’zga ko’rinuvchi va yaqin 
infraqizil sohalarida ishlatiladi. 
Bundan tashqari ancha ilgari fotokimyoviy detektorlar ishlatilgan. 
Ular bilan ishlash ko’p mehnat va uzoq vaqt talab qilgani uchun hozirgi 
vaqtda ular juda kam ishlatiladi. Shu bilan birga bunday detektorlar 
yuqorida qarab o’tilgan turlarga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. 
Bularning eng asosiysi bir vaqtda butun spektrni qayd qilishdir. 
Fotoemulsiya, fotoplastinkaning elektron analoglari bo’lgan zamonaviy 
ko’p elementli yorug’lik qabul qilgichlar uchun namuna bo’lib xizmat 
qildi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling