Analizning optik usullari
-§. Spektroskopik usullarning turlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)
30.1-§. Spektroskopik usullarning turlari
Elektromagnit nurlar bilan modda o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida moddada turli xil fizikaviy tabiatga ega bo’lgan jarayonlar bo’lishi mumkin. Mana shu hodisalar kimyoviy analiz usullarida qo’llaniladi. Bu jarayonlarning umumiy xarakteri fotonlar energiyasiga bog’liq. Shunday ekan, analiz usullarini turlarga ajratish uchun elektromagnit kvantlar energiyasining butun oralig’ini u yoki bu fizikaviy jarayonlarga mos keluvchi sohalarga bo’lish maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyidagi jadvalda kimyoviy analizda ishlatiladigan elektromagnit nurlarning asosiy sohalari ko’rsatilgan. Jadvalda, fotonlar energiyasining oralig’i, to’lqin uzunligi va ularga mos fizikaviy jarayonlarning xarakteri keltirilgan. Spektral oraliqlar aniq ifodalangan chegaraga ega emas, shuning uchun, butun spektrni sohalarga aniq ajratish shartlidir. Spektroskopik usullar, shuningdek atom va molekulyar spektroskopiya usullariga bo’linadi. Analitik uchun bu bo’linish juda muhim, chunki atom spektroskopiyasi usullarida biz doimo chiziqli spektrlar bilan, molekulyar spektroskopiya usullarida esa keng polosalarga ega bo’lgan spektrlar bilan ish ko’ramiz. Bu esa oxir- oqibatda, ularni kimyoviy analizda ishlatish imkoniyatini va spektral asboblarga qo’yiladigan talabni aniqlaydi. 1.1. Jadval. Elektromagnit nurlanish energiyasining sohalari, ularga mos keluvchi analiz usullari va ularning asosida yotgan fizikaviy jarayonlar. soha (usul) kvantlar energiyasining xarakteristikalari sodir bo’ladigan jarayon , m boshqa kattaliklar Radiospektroskopiy a (YaMR va EPR) 10 – 10 -1 = 10 MGs –1 GGs elektronlar va yadrolar spinining o’zgarishi Mikroto’lqin spektroskopiyasi 10 -1 – 10 -3 = 0,1 – 10 sm -1 aylanish holatlarining o’zgarishi Optik soha UB nurlar spektroskopiyasi = 400 – 20 nm valent elektronlar holatining o’zgarishi Ko’rinuvchi nurlar 10 -6 – 10 -8 = 750 – 400 nm valent elektronlar holatining o’zgarishi IQ nurlar spektrosko piyasi (IQ va Raman) 10 -3 –10 -6 = 10 – 13000 sm -1 tebranish holatlarining o’zgarishi Rentgen spektroskopiyasi 10 -8 – 10 -10 E = 0,1 – 100 keV ichki elektronlar holatining o’zgarishi Gamma nurlar (Messbauer) spektroskopiyasi 10 -10 –10 -13 E = 0,01– 10 MeV yadro reaksiyalari Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling