Anatatsiya funksiya''


Boshqarishning tarbiyaviy (ijtimoiy – ruhiy) usullari


Download 63 Kb.
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1291339
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Astonov Donyor 2 MAVZU ESSIY

Boshqarishning tarbiyaviy (ijtimoiy – ruhiy) usullari. Boshqarishning tarbiyaviy usullari haqida gapiradigan bo’lsak, bu usullar mehnat jamoasida shunday ruhiy “iqlim”ni yaratadiki, unda rahbarga ma’qul keladigan xulq – atvor va ish uslubi qo’l ostidagilar tomonidan ko’ngilli ravishda, jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi va asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usullar jipslashgan boshlang’ich ishlab chiqarish jamoasini shakllantirishga imkon beradigan ijtimoiy - ruhiy va psixologiyaga asoslanadi hamda ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Bu borada ijtimoiy – ruhiy usullarni o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.

.


O’z mohiyatiga ko’ra, boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir.
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullar "Ijtimoiy menejment" va "Menejment psixologiyasi"ga asoslanadi.
Ijtimoiy menejment insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini re­jalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko’rib chiqadi.
Menejment psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xo­dimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hokazolarda qo’llaniladi.
Biz yaxshi bilamizki psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, ta’ssuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. Ijtimoiy psixologiya— bu kishilar va jamoa faoliyati psixo­logik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’­sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:
* jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart – sharoitlarni yaratish;
* namunali an’analarni qo’llab – quvvatlash va milliy urf – odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam berish;
* ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, ma’naviy- ma’rifiy o’sish, malaka oshirish;
* kishilarning madaniy va ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirish;
* sog’lom ijtimoiy – psixologik muhitini vujudga keltirish
* ishlab chiqarish samaradarligi va ish sifatini oshirish uchun shart – sharoitlarni vujudga keltirish.
Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq, sa­marali bo’lishini talab qiladi.
Mehnat jamoalaridagi ijtimoiy -ruhiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan ma­salalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.
( Bu masala “Nizo va stressni boshqarish” mavzusida kengroq ko’rib chiqiladi)
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foy­dali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi. Bunday nosog’lom vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada ijtimoiy - ruhiy vaziyat yomonlashadi. Bu esa o’z - o’zidan ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, infratuzilma menejmenti metodologiyasini o’rganishning tarbiyaviy usullarining ta’siri bir yildan keyin va undan keyin namoyon bo’ladi. Shuni ta’qidlash lozimki, tarbiyaviy usullarni amalga oshirishga sarflanadigan sa’y – xarakatlarning iqtisodiy samarasi ma’muriy va iqtisodiy usullarni amalga oshirishdan bir necha marta ortiq bo’ladi.



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling