Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


- savol. O’t pufagi — vesica fellea


Download 71.05 Kb.
bet15/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

14- savol. O’t pufagi — vesica fellea
O't pufagi — vesica fellea (biliaris) noksimon shaklda bo'lib, quyidagi qismlardan tashkil topgan: o't pufagining tubi— fundus vesicae felleae (biliaris), tanasi — corpus vesicae felleae, bo'yinchasi — collum vesicae felleae (biliaris).
Kengaygan quyg'ich qismi - infundibulum vesicae felleae (biliaris).O't pufagining bo'yinchasi — pufak nayi ductus cysticus ga davom etadi. Bu nay esa umumiy o't yo'li — ductus choledochus ni hosil etishda qatnashadi va shu yo'lga ochiladi. O't pufagining devori quyidagi qavatlardan tashkil topgan:
a) tunica serosa — seroz qavat;
b) tunica subserosaseroz osti qavati;
d) tunica muscularis — mushak qavati;
e) tunica mucosa — shilliq qavati.
Bu qavatda burmalar plicae mucosae (rugae) hosil bo'ladi. Ductus cysticus — o't pufagi nayining shilliq qavatida burmalar burama shaklida — plica spiralis holatida bo'ladi. Umumiy o't yo'li — ductus choledochus ning o'n ikki barmoq ichakka ochilish sohasida qisuvchi mushak m.sphincter ductus choledochi hosil bo'ladi. Umumiy о't yo'li oshqozon osti bezi nayi bilan qo'shilib ochilganligidan, uning kengaygan sohasi — ampulla hepatopancreatica hosil bo'ladi. Kengayma devorida qisuvchi mushak — m.sphincter ampullae bo'ladi.
Umumiy o't yo'lining shilliq qavatida bezlar — glandulae ductus choledochi bo'ladi


15-savol. Me’da osti bezi — pancreas
Pancreas — me’daning orqasida joylashadi. Bezda boshcha caput pancreatis, tanasi — corpus pancreatis, dumsimon qismi cauda pancreatis bo'ladi. Me’da osti bezi tanasida oldingi yuza — facies anterio superior, orqa yuza — facies posterior, pastki yuza — facies anterio inferior hamda margo superior, anterior, inferior qirralari bo'ladi. Qorin parda faqat oldingi yuzani qoplaganligidan, bu bez ekstroperitoneal a’zo hisoblanadi. Me’da osti bezining boshchasida ilmoqsimon o'simta procesus uncinatus va o'yma — incisura pancreatis, tanasida charvi do'ngligi — tuber omentali bo'ladi. Me’da osti bezining asosiy nayi — ductus pancreaticus umumiy o't yo'li bilan qo'shilgan holda o'n ikki barmoq ichak devoridagi katta so'rg'ich papilla duodeni major sohasiga ochiladi. Me’da osti bezida asosiy naydan tashqari. qo'shimcha nay — ductus pancreaticus accessorius ham bo'ladi. Bu qo'shimcha nay o'n ikki barmoq ichak devoridagi kichik so'rg'ich papilla duodeni minor sohasiga ochiladi. Me’da osti bezi nayining ochilish sohasida qisuvchi mushak — m.sphincter ductus pancreatici bo'ladi. Me’da osti bezi aralash bezlar guruhiga kirib, u ekskretor bez sifatida ishlab chiqargan shira o'n ikki barmoq ichak bo'shlig'iga tushadi. Inkretor bez sifatida esa — inculae pancreaticae orolcha hujayralari insulin gormonini ishlab. qonga o'tkazadi. Bu gormon qondagi qand miqdorini o'zgartirib turadi.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling