Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


- savol. Ingichka ichak — intestinum tenue


Download 71.05 Kb.
bet11/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

10- savol. Ingichka ichak — intestinum tenue
Ingichka ichak — me’daning chiqish qismidan boshlanib, o'ng yonbosh sohasidagi yo'g'on ichakning boshlanish qismida yakunlanadi. Ingichka ichakda moddalarning kimyoviy shira ta’sirida parchalanishi davom etadi va so'riladi. Ingichka ichakning asosiy vazifasi parchalangan oziqa moddalarni qonga va limfaga so'rilishini ta'minlashdan iborat. Uning uzunligi 7-9 metr bo'lib, odam uzunligidan 3, 4, marotaba ko'p bo'ladi. Ingichka ichak uch qismdan tashkil topgan bo'ladi: o'n ikki barmoq ichak; och ichak; yonbosh ichak. O'n ikki barmoq ichak — duodenum 25-30 sm bo'lib, ingichka ichakning boshlanish qismi hisoblanadi. Ingichka ichak uzunligining 2/5 qismini och ichak — jejunum, va 3/5 qismini yonbosh ichak — ileum tashkil etadi. O'n ikki barmoq ichak — duodenum qorin pardaga nisbatan ekstroperitoneal a’zo hisoblanadi, ya’ni faqat oldingi yuzasi qorin parda bilan o'ralgan bo'ladi. O'n ikki barmoq ichak qorinning orqa devoriga tegib turadi va taqasimon shaklda bo'ladi. Uning yuqorigi qismi — pars superior yuqorigi burilish burchagi flexura duodeni superior vositasida tushuvchi qism — pars descendens ga davom etadi. Bu bo'lim esa pastki burilish burchagi — flexura duodeni inferior vositasida — pars horisontalis ko'ndalang qismiga va nihoyat bu bo'lim esa ko'tariluvchi qism — pars ascendens ga davom etadi. O'n ikki barmoq ichakning och ichakga o'tish sohasida burilish burchagi — flexura duodenojejunalis hosil bo'ladi. Och ichak hamda yonbosh ichak qorin parda bilan hamma tarafdan o'ralgan bo'lib, shu sababdan u intraperitoneal a’zo hisoblanadi. Ingichka ichak devori: shilliq qavat — tunica mucosa; shilliq osti qavati — tunica submucosa; mushak qavati — tunica muscularis; seroz parda qavati — tunica serosa lardan tashkil topadi. Ingichka ichak shilliq qavati tunica mucosa da ko'p miqdorda vorsinkaIar — villi intestinales bo'lib, bu o'simtalar hisobiga uning so'rish yuzasi oshadi. Vorsinka yuzasi enterotsit va qadoqsimon hujayralar bilan qoplangan bo'lib, uning uzunligi 1 mm gacha etadi. 1 mm kvadrat yuzada och ichak qismida 22^10 ta vorsinka bo'lsa, yonbosh ichakda 1 mm kvadrat yuzada 18-30 ta vorsinka joylashgan bo'ladi. Ingichka ichakdagi hamma vorsinkalar yuzasi 4-5 m kvadratni hosil qiladi va odam terisi yuzasidan 2-3 marotaba ortiq bo'ladi. Har bir vorsinka yuzasi esa elektron mikroskop yordamida ko'rinadigan mikrovorsinkalar bilan qoplangan bo'ladi. Vorsinka yuzasi so'rish vazifasini bajaradi, uning o'rtasida esa qon va limfa tomirlari joylashgan bo'ladi. Vorsinkalar miqdori och ichak sohasida ko'proq bo'lib, ular bu sohada ingichka lekin uzunroq bo'ladi. Ingichka ichak shilliq qavatida xususiy mushak tutamlari bo'lib, lamina muscularis mucosae deyiladi. Ingichka ichak shilliq qavatida halqa shaklida burmalar — plicae circulares bo'ladi. Bu burmalar shilliq qavat va shilliq osti qavat tela submucosa hisobiga hosil bo'ladi. O'n ikki barmoq ichak ichki yuzasida qo'shimcha ravishda bo'ylama burmalar— plica longitudinalis duodeni ham uchraydi. Bu burmalar o'n ikki barmoq ichak ichki yuzasining medial sohasida joylashgan bo'ladi. Bo'ylama burmalarning yuzasida katta so'rg'ich — papilla duodeni major va yuqoriroqda esa kichik so'rg'ich — papilla duodeni minor joylashgan bo'ladi. Katta so'rg'ich sohasiga qo'shilgan holda umumiy o't yo'li va me’da osti bezining asosiy yo'llari ochiladi.Kichik so'rg'ich sohasiga esa me’da osti bezining qo'shimcha yo'li ochiladi. O'n ikki barmoq ichakning boshlanish qismining shilliq osti qavatida naysimon bezlar — glandulae duodenales joylashgan. Ingichka ichakning qolgan bo'limlarida uchraydigan naysimon bezlar — glandula intestinales ingichka ichakning shilliq qavatida joylashadi. Ingichka ichak bezlari — ichak shirasi ishlab chiqaradi. Ingichka ichak shilliq qavatida limfatik to'plamalar (follikulalar) joylashgan. Yakka holdagi follikulalar — folliculi lymphatici solitarii ingichka ichakning hamma qismlaridan uchraydi. Yonbosh ichak sohasida esa limfatik follikulalar to'plami — folliculi lymphatici aggregati uchraydi. Ingichka ichak devorining mushak qavati — tunica muscularis ikki turdagi tolalardan tashkil topadi. Tashqi yuzasida bo'ylama — stratum longitudinae va ichki sohasida halqasimon tolalar — stratum circulare joylashadi. Halqasimon mushaklar ichak bo'shlig'ini toraytiradi. Bo'ylama tolalar ichakni kaltaroq holatga keltirib, ichak bo'shlig'ini kengaytiradi. Tashqi seroz parda — tunica serosa och ichak va yonbosh ichak devorini o'rab turgan visseral qorin pardadan hosil bo'ladi. Bu parda o'simtalari ingichka ichak tutqichlarini hosil qilishda qatnashadi. Bu pardaning ostida esa seroz osti qavati — tela subserosa hosil bo'ladi.



Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling