Vazifasi: luqmani yutish jarayonida ishtirok etib, halqumni toraytiradi, ko‘taradi va uzunligini qisqartiradi.
Innervatsiyasi: n. glossopharybgeus (IX); n. vagus (m. constrictor pharynx inferior).
Halqumning bo'ylama mushaklariga quyidagilar kiradi:
1) m.stylopharyngeus — bigizsimon halqum mushagi chakka suyagining bigizsimon o'simtasidan boshlanib, halqumga birikadi.
2) m.salpingopharyngeus — nay halqum mushagi. Halqumning burun qismidagi eshituv nayi teshigi sohasida boshlanib, halqumga birikadi.
Vazifasi: halqumni ko'taradi.
Innervatsiyasi: n. glossopharyngeus (IX).
3) m.palatopharyngeus — tanglay halqum mushagi yumshoq tangalaydan, qanotsimon o'simtaning ilmog'i — hamulus pterygoideus dan boshlanib halqum devoriga birikadi. Murtaklar — tonsillae halqumning shilliq qavatida joylashib limfa to'qimasining yig'indisidan tashkil topgan. Halqumdagi Pirogov-Valdeyer murtaklar halqasi quyidagi murtaklardan hosil bo'ladi: juft — tonsillae palatinae, tonsilla tubariae; toq — tonsillae pharyngea, tonsillae lingualis. Tanglay murtagi — tonsillae palatinae halqumning og'iz qismining shilliq qavatidagi chuqurcha — fossa tonsillares sohasida joylashadi. Bu chuqurcha ikki ravoq: arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus orasida joylashadi. Halqum murtagi — tonsillae pharyngea halqum shilliq qavatining burun qismining yuqori devori sohasida joylashadi.
Nay murtaklari — tonsillae tubariae halqumning burun qismidagi shilliq qavatida, eshituv naylarining boshlanish sohasida joylashadi. Til murtagi — tonsillae lingualis til ildizining shilliq qavatida joylashadi.
Savol. Qizilo'ngach — esophagus
Qizilo'ngach — esophagus halqumning davomi bo'lib, me’dagacha davom etadi. Joylashish sohasi VI bo'yin umurtqa sohasidan XI ko'krak umurtqa sohasigaeha davom etib, o'rtacha 23-25 sm bo'ladi. Uning bo'yin qismi —
Do'stlaringiz bilan baham: |