Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Vazifasi: tilni oldinga harakatlantiradi. Bu mushaklar I jabra ravog'idan taraqqiy etadi. Innervatsiyasi


Download 71.05 Kb.
bet6/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

Vazifasi: tilni oldinga harakatlantiradi. Bu mushaklar I jabra ravog'idan taraqqiy etadi.
Innervatsiyasi: n. hypoglossus (XII).
2.M.styloglossusbigizsimon til mushagi, tilning xususiy m.longitudinalis superior — yuqoriga boylama mushagiga va m.longitudinalis inferior mushagiga davom etadi. Bigizsimon til mushagi m.stylolossus tilning sklet mushaklari tish -jag' chakka suyagidagi bigizsimon o'simta processus styloideus dan boshlanib tilning xususiy mushaklari bo'lgan yuqorigi va ostki boylama — m.longitudinalis superior, m.longitudinalis inferior mushaklarga davom etadi.
Vazifasi: tilni yuqoriga va orqaga tortadi. Bu mushaklar 11 jabra ravoqlaridan taraqqiy etadi.
Innervatsiyasi: n. hypoglossus (XII).
3. M.hyoglossus — til osti til mushagi, tilning xususiv m. transversus linguae — ko'ndalang mushagiga davom etadi. Til osti — til mushagi m.hyoglossus — tilning skelet mushaklari guruhiga kirib, til osti suyagining tanasidan va katta shoxlaridan boshlanadi. Bu mushak o'z navbatida ikki guruh tolalarga ajraladi: m.chondroglossus — til osti suyagining tog'ayidan boshlansa, m.ceratoglossus — til osti suyagining shoxchalaridan boshlanadi. Bu mushak tilning xususiy mushagi bo‘lgan ko'ndalang mushak — m. transversus linguae tutamlariga davom etadi.
Vazifasi: tilni orqaga va pastka tortadi. Bu mushaklar III jabra ravoqlaridan taraqqiy etadi.
Innervatsiyasi: n. hypoglossus (XII).
4. M . palatoglossus — yumshoq tanglaydan boshlanib, tilning yon tarafiga birikadi va uning ko'ndalang mushagiga davom etadi.
Vazifasi: yumshoq tanglayni tushiradi, tomoq sohasini toraytiradi va m. transversus linguae ga davom etadi.



  1. Savol. So’lak bezlari — glandulae salivales

So'lak bezlari og'iz bo'shlig'iga ochilib, chiqaruv nayiga ega bo'lgan katta so'lak bezlariga — glandula parotoidea, glandula sublingualis, glandula submandibularis va chiqaruv nayi bo'lmagan mayda so'lak bezlariga bo'linadi. Mayda so'lak bezlari lab yuzasida — glandulae labiales; lunj sohasida — glandulae buccales; tanglay yuzasida — glandulae palatinae; til yuzasida — glandualae linguales joylashadi va o'zi joylashgan yuzaga, katta so'lak bezlari esa nay vositasida og'iz bo'shlig'iga ochiladi.
Quloq oldi bezi glandula parotoidea yuzning yon sohasida, quloq suprasining oldida joylashadi. So'lаk bezi nayi — ductus parotoideus . lunch mushagining ( m.buccinator) orasidan o'tib og'iz dahliziga ochiladi. Nayning teshigi og'iz dahlizining, yuqori jag'dagi ikkinchi katta oziq tish sohasida joylashadi. Quloq oldi So'lak bezida yuza qism - par, superficialis va chuqur qism — pars profunda tafovut etiladi. Ba’zi hollarda qo'shimcha bez — glandula parotoidea accessoria uchrashi mumkun.
Jag' osti so'lak bezi — glandula submandibularis. Bu so'lak bezi pastki jag' suyagi ostidagi fossa submandibularis chuqurchasida joylashadi. So'lak bezining nayi — ductus submandibularis xususiy og'iz bo'shlig'ida, tilning ostida joylashgan — caruncula sublingualis sohasiga ochiladi.
Til osti so'lak bezi — glandula sublingualis til ostida, m.mylohyoideus mushagining ustida joylashadi. Bu so'lak bezining nayi - ductus sublingualis major xususiy og'iz bo'shlig'iga, jag' osti so'lak bezi nayi sohasiga ochiladi. Til osti so'lak bezining kichik naylari — ductus sublingualis minores (18-20 ta) til ostida joylashgan plica sublingualis burmasiga ochiladi.




  1. Download 71.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling