Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet7/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

Savol. Halqum

Halqum — pharynx hazm va nafas a’zolarining o'zaro kesishgan qismi hisoblanadi. Halqum kalla suyagi asosidan boshlanib VI-VII bo'yin umurtqalarigacha davom etadi. Halqum og'iz bo'shlig'i va hiqildoqlaming orasida joylashadi. Shu sababdan halqumni uch qismga bo'lishimiz mumkin: burun qismi pars nasalis; og'iz qismi — pars oralis; hiqildoq qismi — pars laryngea. Halqumning kalla asosiga to'g'ri kelgan qismiga halqum gumbazi fornix pharyngis deyiladi. Halqumning burun qismi — kalla asosi bilan yumshoq tanglay sohasi orasida joylashgan. Halqumning bu qismiga burun bo'shlig'ining davomi hisoblangan xoanalar ochiladi. O'rta quloq bo'shlig'idan boshlanadigan tubae auditivae — eshituv nayi yoki Yevstaxiy nayi ham halqumning burun qismi sohasiga ochiladi va bu teshikka ostium pharyngeum tubae deyiladi. Bu teshik atrofidagi shilliq qavatda limfo epitelial to'qimalar yig'ilgan bo'lib, nay murtagi — tonsilla tubaria deyiladi. Shunday murtak halqum gumbazi sohasidagi shilliq qavatda ham uchraydi va halqum murtagi — tonsilla pharyngea deyiladi. Murtaklardagi chuqurchalarga — fossulae tonsillae, ulardagi tirqishlarga cryptae tonsillae deyiladi. Bu murtaklar xususiy og'iz bo'shlig'i devoridagi tanglay murtaklari — tonsilla palatinae va til murtagi — tonsilla lingualis lar bilan birgalikda limfo-epitelial halqani hosil qiladi. Eshituv nayining teshigi sohasidagi shilliq qavatda ikkita burma: plica salpingopharyngeanay-halqum burmasi va plica salpingopalatina — nay-tanglay burmasi va eshituv nayi bo'rtiq maydoni— torus tubarius ko'rinadi. Halqumning burun qismidagi yana bir bo'rtiq maydoncha tanglayni ko'taruvchi mushakdan tashkil topib torus levatorius deyiladi. Halqumning og'iz qismidagi hiqildoq usti tog'ayi sohasidagi chuqur — vallecula epiglottica, bu tog'ay va til orasida lateral burma — plica glossoepiglottica lateralis va medial burma — plica glossoeiglottica mediana ko'rinadi. Halqumning hiqildoq qismida noksimon cho'ntaklar — recessus piriformis ko'rinadi. Halqumning qizilo'ngachga o'tish sohasi toraygan bo'lib — constrictio pharyngoeso-phagealis deyiladi
Halqumning asosini fibroz to'qima qavati tashkil etadi. Bu qavat ichki tarafdan shilliq qavat bilan, tashqi tarafdan esa mushak qavat bilan qoplangan boladi. O'z navbatida mushak qavati tashqi tarafdan fassiya bilan o'ralgan bo'ladi. Halqum ichki yuzasidagi shilliq qavat burun sohasida kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Qolgan qismlarda shilliq qavat ko'p qavatli yassi epiteliy va shilliq bezlari bilan qoplangan bo'ladi. Halqumning mushaklari ko'ndalang targ'il tolalardan tuzilgan bo'lib, bo'ylama va qisuvchi guruhlarga bo'linadi. Qisuvchi mushaklar 3 qavat shaklda joylashib: m.constrictor pharyngis superior, m.constrictor pharynges medius, m.constrictor pharyngis inferior deyiladi.
1) M constrictor pharyngis superior quyidagi qismlarga bo'linadi:
a) pars ptervgopharyngea qanotsimon halqum qismi asosiy suyakning qanotsimon o'simtalaridan boshlanadi;
b) pars buccopharyngea — lunj halqum qismi qanot — pastki jag' boylamidan boshlanadi;
d) pars mylopharyngea — pastki jag' halqum qismi pastki jag' suyagining linea mylohvoidea chizig'idan boshlanadi;
e) pars glossopharyngea — til halqum qismi tilning yon sohasidan boshlanadi.
2) M.constrictor pharyngis medius quyidagi qismlardan tashkil topgan:
a) pars chondropharyngea — til osti suyaginig tanasidan boshlanib, halqumga birikadi;
b) pars ceratopharyngea til osti suyagining shoxlaridan boshlanib, halqumga birikadi.
3) M. constrictor pharyngis inferior til osti suyagining lateral yuzasidan, qalqonsimon va uzuksimon tog'aylardan boshlanib, quyidagi qismlarga bo'linadi: a) pars thyropharyngea qalqonsimon tog'aydan boshlanadi;
b) pars cricopharyngea uzuksimon tog'aydan boshlanadi. Halqumning qisuvchi mushaklari halqum devoridagi chok sohasiga birikadi.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling