Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
Download 71.05 Kb.
|
Anatomiya javoblar
partes cervicalis, ko'krak qismi — partes thoracica va qorin qismi — partes abdominalis bo'ladi. Bo'yin qismi — bo'yin umurtqalari sohasiga to'g'ri keladi.·Ko'krak qismi diafragmagacha davom etib, diafragma ostida qorin qismi joylashadi. Qizilo'ngach bo'shlig'i hamma sohada ham bir xil diametrga ega emas. Ba’zi joylarda torayma sohalari bo'ladi. Uning anatomik toraymalari quyidagi sohalarda joylashadi:
1) halqumning qizilo'ngachga o'tish sohasida halqum toraymasi — constrictio pharyngooesophagealis; 2) bronxial torayma — traxeyaning asosiy bronxlarga bo'linish sohasida, qizilo'ngachning bronxlami hosil bo'lishi sohasida — constrictio bronchialis; 3) diafragmal torayma — qizilo'ngachning diafragmadan o'tish sohasida — constrictio phrenica. Qizilo'ngachda fiziologik toraymalar ham bo'ladi: 1) aortal torayma — qizilo'ngachning aorta bilan kesishish sohasida; 2) kardial torayma — qizilo'ngachning me’daga o'tish sohasida joylashadi. Qizilo'ngach devori 4 qavatdan tashkil topadi va quyidagi qavatlari bo'ladi: 1) shilliq qavat — tunica mucosa qizilo'ngachning ichki yuzasida bo'lib, shilliq ishlab chiqaruvchi bezlar — glandulae oesophageae ga boy qavatdir; 2) shilliq osti qavat— tela submucosa bu qavat hisobiga shilliq qavatda burmalar hosil bo'ladi; 3) mushak qavat — tunica muscularis yuqori qismida ko'ndalang targ'il tolalardan tashkil topgan bo'lib, pastki qismida silliq mushak tolalariga davom etadi. Mushak qavati ikki guruhdan — tashqi bo'ylama yo'nalgan tolalardan va ichki — halqasimon yo'nalgan mushak tolalaridan hosil bo'ladi. Qizilo'ngachning mushak qavatida quyidagi mushaklarni ajratish mumkin: a) tendo cricooesophageus — hiqildoqning uzuksimon tog‘ayidan boshlanadigan mushak payi; b) m.bronchooesophageus — bronxlardan boshlanadigan mushak; d) m.pleurooesophageus — plevralarda boshlanadigan mushak. 4) Qizilo'ngachning tashqi yuzasi — tunica abventitia biriktiruvchi to'qima bilan qoplangan. Qizilo'ngachning pars abdominalis qismi tashqi tarafdan qorin parda bilan o'ralgan bo'ladi. Katta yoshdagi odamlarda qizilo'ngachning uzunligi 23-25 sm bo'ladi. Kesuv tishlar sohasidan qizilo'ngachgacha 15-17 sm ekanligini hisobga olansa, kesuv tishlardan me’dagacha bo'lgan masofa 40-42 sm bo'ladi. Download 71.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling