Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet17/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

18- savol. Burun bo‘shlig'i — cavitas nasi
Burun bo'shlig'i suyak va tog'ayli tuzilishga ega bo'lgan tashqi burun nasus externus ning davomi hisoblanadi. Burun bo'shlig'iga kirish teshigi — nares deyiladi Burun bo'shlig'i to'siq — septum nasi vositasida ikki bo'shliqqa ajraladi. To'siqning oldingi qismi tog'aydan va orqa sohasi suyakdan tashkil topadi. Shu sababdan to'siqda quyidagi qismlar bo'ladi:
a) pars membranacea — pardali qism;
b) pars cartilaginea — tog'ayli qism;
d) pars ossea — suyakli qism;
e) organum vomeronasale — dimog' burun hosilasi.
Burun bo'shlig'ining boshlanish sohasi uning dahlizi -— vestibulum nasi deyiladi. Burun bo'shlig'ining orqa sohasini, halqumga davom etadigan — orqa teshiklar xoanalar deyiladi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplanadi va shilliq bezlari bo'ladi. Shilliq qavat ostida juda ko'p venoz tomir chigallari joylashgan. Bu hosilalar havoni tozalaydi, ilitadi yoki sovutadi, ular asosan burun bo'shlig'ining o'rta va pastki burun chig'anoqlari sohasida joylashadi. Shu sababdan o'rta va pastki havo yo'llarini nafas sohasi — regio respiratoria deyiladi. Yuqori burun yo'llari sohasida hid biluv nervining retseptorlari joylashgan, shu sababdan burun bo'shlig'ining bu sohasini hid biluv sohasi regio olfactoria deyiladi. Burun bo'shlig'ida quyidagi chig'anoqlar bo'ladi:
a) concha nasi suprema — burunning eng yuqori chig'anog'i;
b) concha nasi superior — buruning yuqori chig'anog'i;
d) concha nasi media — buruning o'rta chig'anog'i;
e) concha nasi inferior — buruning pastki chig'anog'i.
Chig'anoqlar orasidagi quyidagi havo o'tadigan yo'llar bo'ladi:
a) meatus nasi superior — yuqorigi burun yo'li;
b) meatus nasi medius — o'rta burun yo'li.
Bu yo'lda uning dahlizi atrium meatus medii, g'alvirsimon pufakcha — bulla ethmoidalis, g'alvirsimon suyak quygichi — infundibulum ethmoidale va shu sohadagi yarimoysimon tirqish — hiatus semilunaris lar bo'ladi.
d) meatus nasi inferior — pastki burun yo'li.
Bu yo'lda ko'z yoshi kanalining nayi ochiladigan tirqish apertura ductus nasotacrimalis ko'rinadi.
Burun bo'shlig'ining orqa tarafida havo yo'llari qo'shilib umumiy havo yo'li — meatus nasi communis ni hosil qiladi va burun halqum yo'li meatus nasopharyngeus ga davom etadi. Burun atrofida havo saqlaydigan bo'shliqla — sinus paranasales joylashadi. Bu bo'shliqlarning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'shliqlar quyidagilar:
1) yuqori jag' suyagi ichidagi Gaymor bo'shlig'i - sinus maxillaris;
2) peshona suyagi ichidagi - sinus frontalis;
3) g'alvirsimon suyak ichidagi g'alvirsimon katakchalar - cellula ethmoidales. Bu g'alvirsimon katakchalar oldingi — cellulae ethmoidales anteriores. o'rta — cellulae ethmoidales mediae va orqa — cellulae ethmoidales posteriores katakchalariga bo'linadi.
4) ponasimon suyak ichidagi — sinus sphenoidalis.
Havo burun bo'shlig'idan halqumga davom etadi. Halqumning oldingi sohasida hiqildoq joylashgan



Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling