pleura mediastinales pardasining orasida a’zolar bilan tolib turgan sohaga ko'ks oralig'i - mediastinum deyiladi. Ko'ks oralig'ining devorlari: oldingi — to'sh suyagi va qovurg'alar; pastki — diafragma; orqa sohasida — umurtqa pog'anasi; ikki yon sohada pleura mediastinalis. Ko'ks oralig'ining ikki qismga ajratish mumkin: oldingi — mediastenum anterius va orqa mediastenum posterius qismlari. Bu bo'limlar orasidagi chegara o'pka ildizining orqa yuzasi bo'ylab o'tkazilgan frontal yuza hisoblanadi (traxeya va bronxlarning orqa yuzasiga to'g'ri keladi). Oldingi ko'ks oralig'ida quyidagi a’zolar joylashgan: yurak. perikard. ayrisimon bez, v.cava superior, aorta ascendeus, arcus aortae, o'pka venalari, traxeya, bronx. n.phrenici, bronx arteriyalari va venalari, limfatik tugunlar. Orqa ko'ks oralig'ida quyidagi a'zolar joylashadi: qizilo'ngach, ko'krak aortasi, ko'krak limfa yo'li, limfa tugunlari. v.cava inferior, v.azygos et hemiazygos, n.n.splanchnice, n.vagi. Yangi ma’lumotlarga asosan ko'ks oralig'i yuqorigi va pastki bo'limlarga bo'linib, mediastinum superius va mediastinum inferius deyiladi. Bu holda chegara: to'sh suyagining qo'ndog'i va tanasi orasi bo'ylab gorizontal sathda orqadan IV-V ko'krak umurtqalariga yo'naladi. Pastki ko'ks oralig'i oldingi. o'rta va orqa bo'limlarga bo'linadi va m ediastinum anterius, mediastinum medium, mediastinum posterius deyiladi. Oldingi ko'ks oralig'i to'sh suyagining tanasi bilan perikard orasida. orqa ko'ks oralig'i esa perikardning orqa yuzasi bilan ko'krak umurtqalari orasida joylashadi. O'rta ko'ks oralig'ida perikard. yurak va asosiy bronxlar joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |