Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Umurtqa pog‘onasi yangi tug‘ilgan bolada biroz 

egik yoy shaklida bo‘lib, kattalarda S harfiga o‘xshaydi. Umurtqa 

pog‘onasi 33—34 ta umurtqaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, 

uzunligi 70—90 sm. U tananing asosiy o‘qi hamda tayanchi hi-

soblanadi. Umurtqalar tog‘aylar yordamida birin-ketin segment-

lar hosil qilib birikadi. Ular yuqoridan pastga 5-bel umurtqasiga-

cha yiriklashib bo 

radi, undan pastga qarab yana maydalashadi. 

Dumg‘aza umurtqalari yaxlit dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum 

umurtqalari odamda ru diment holda bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi 

7 ta bo‘yin umurtqasi, 12 ta ko‘krak umurtqasi, 5 ta bel umurtqasi, 

5 ta dumg‘aza umurtqasi va 

4-5

 ta dum umurtqasidan tuzilgan. 



Umurtqa teshiklari birlashib, umurtqa pog‘onasi kanalini hosil 

qiladi, uning ichida orqa miya joylashadi. Umurtqa pog‘onasining 

15

bo‘yin, bel qismlari oldinga biroz bo‘rtib chiqqan bo‘lib,



 lordoz, 

ko‘krak va dumg‘aza qismlari orqaga bo‘rtgan bo‘lib,



 kifoz

 de-


yiladi. Bo‘yin lordozi bola 1,5-2 oyligida bo‘ynini tuta boshlashi 

bilan, ko‘krak kifozi 

5-6

 oylikda bola o‘tirishi bilan hosil bo‘ladi. 



Bel lor 

dozi 11-12 oylikda bola turishi va qisman yura boshlashi 

bilan shakllanib boradi. Bel lordozi dumg‘aza kifozining vujudga 

kelishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan, bola partada noto‘g‘ri o‘tirishi, 

kasallanishi, shikastlanishi va mehnat darslarida gigiyena qoidalar-

iga amal qilmasligi nati jasida umurtqa pog‘onasi yuqoridagi tabiiy 

egilishlardan tashqari, yon tomonga ham egilishi mumkin. Bunga

 

skolioz

 deb ataladi. Umurtqalarning bo‘g‘im o‘simtalari bir-biri bi-

lan bo‘g‘im hosil qilib tutashadi. Bolalarning umurtqa pog‘onasi 

juda egiluvchan bo‘ladi. 



Umurtqa

 suyak halqadan iborat bo‘lib, 

yo‘g‘onlashgan old qismi uning tanasi hisoblanadi. Orqa qismi 

in gichka yoysimon bo‘ladi. Umurtqa tanasi bilan yoyi qo‘shilib, 

umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqa teshiklari o‘zaro birlashib, 

umurtqa kanali yuzaga keladi. Umurtqa kanalida orqa miya joyla-

shadi (2-rasm). Umurtqa yoyidan 7 ta o‘simta: 1 ta orqa yoki 

o‘tkir qirrali o‘simta, 2 ta yon ko‘ndalang o‘simta, 2 ta yuqorigi va 

2 ta pastki bo‘g‘im o‘simtasi chiqqan. 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling