Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSKULLAR HAQIDA MA’LUMOT
Nazorat savollari
1.Suyaklarning qanday birikish xillari bor? 2.Bo‘g‘im yuzalarining xillari va bo‘g‘im turlarini tushuntiring. 3.Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz? 4.Suyaklarning tarkibi va tasnifini ayting. 5.Tana suyaklari qanday tuzilgan? 6.Umurtqalarning tuzilishini tushuntirib bering. 7.Ko‘krak qafasi qanday tuzilgan? 8.Yelka kamari suyaklari nimalardan iborat? 9.Qo‘lning erkin suyaklarini sanab bering. 10.Oyoq skeleti nechta qismga bo‘linadi?
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, ular katta odam tanasi og‘irligining 45—50% ini tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullar- ning reflektor harakati natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar ha- rakatlanish organi bo‘lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi to‘qimalardan tuzilgan. Muskul hujayrasi ichidagi qisqaruv- chi tolalar miofibrillar deb ata ladi. Muskul to‘qimasi tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra, ko‘ndalang targ‘il va silliq muskullarga
22 bo‘linadi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar, asosan, skelet muskul- laridir, silliq tolali muskullar esa ichki organ lar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalarining yig‘indisidan tuzilgan bo‘lib, bu tolalar biriktiruvchi to‘qima yor damida o‘zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruv- chi to‘qima bilan o‘ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi-boshi va birikish qismi-dumi bo‘ladi. Muskul boshi bi- lan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat baja riladi. Muskul to- lalarining yo‘nalishiga ko‘ra muskullar duksimon, yarim patsi- mon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruv- chi to‘qimadan tu zilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o‘rab turishi mum- kin. Fassiya bilan paylar orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar ko‘proq qo‘l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo‘lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular qovurg‘alar, umurtqa- lar orasida bo‘ladi. Keng muskullar gavda atrofida joylashgan, masalan, ko‘krak, qorin muskullari va boshqalar. Ularning muskul tolalari har tomonga yo‘nalgan bo‘lib, boshlanish, biri kish joy- ida keng pay-aponevroz hosil bo‘ladi. Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida bo‘ladi, masalan, deltasimon dumba muskullari. Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi, masalan, boshlanish, birikish joyiga ko‘ra yelka-bilak muskuli; funksiyasiga ko‘ra chaynash muskuli, bukuvchi muskul- lar va boshqalar; boshiga qarab 2 boshli, 3 boshli va hokazo; tuzilishiga ko‘ra yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra peshana, yelka muskullari va hokazo; shakliga ko‘ra trapet- siyasimon, rombsimon muskullar. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling