Qo‘lning erkin suyaklari.
Qo‘l erkin suyaklari: yelka suyagi,
bilak-tirsak suyaklari va qo‘l panja suyaklaridan tashkil topgan.
5-rasm. O‘mrov suyagining ko‘rinishi.
Yelka suyagining tanas – diafizi va ikki uchi epifizi bo‘ladi.
Yuqori uchida sharsimon boshcha, pastki kengaygan uchi ikki to-
monidan g‘adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi. Bilak suyaklari
ikkita naysimon - bilak va tirsak suyagidan iborat. Panja suyaklari
3 ga: bilak-uzuk suyaklari, kaft suyaklari va barmoq suyaklariga
bo‘linadi.
Oyoq suyaklari chanoq va erkin oyoq suyaklariga bo‘linadi.
Chanoq
uch juft suyaklaridan, yonbosh, qov va quymich suyak-
laridan tashkil topgan (6-rasm).
Oyoqning erkin suyaklariga son, katta va kichik boldir va oyoq
panjasi suyaklari kiradi. Son suyagi organizmdagi eng yirik va
baquvvat naysimon suyak. Uning tanasi va ikki uchi mavjud. Shar-
simon boshcha chanoq suyagidagi quymuch chuqurchasiga kirib
turadi. Son suyagining tanasi biroz bukilgan, uch qirrali yumaloq
shaklda bo‘lib, orqa tomonida g‘adir-budurliklar bor. Son suyagi-
ning yo‘g‘onlashgan pastki uchida muskul yopishadigan medial
va lateral o‘siqlar bo‘lib, ular old tomonda bo‘g‘im yuzalari bilan
tutashib turadi. Bu yerda tizza qopqog‘i joylashadi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |