Kalla suyaklarining birikishi. Kallaning pastki jag‘ suyagi-
dan tashqari, barcha suyagi harakatsiz chok yordamida birikkan.
Asosiy suyakning tanasi 20 yoshdan keyin ensa suyagining asosiy
qismiga suyak yordamida birikib ketadi. Kalladagi choklar 3 xil:
tangasimon, tekis tishli yoki arrasimon bo‘ladi. Tishli chokda bir
suyakning tishchalari ikkinchi suyakning tishchalari orasiga kiradi.
Miya qopqog‘i suyaklaridagi choklar har xil yo‘nalishda joylashgan.
Peshana su yaklarining tepa suyaklari bilan birikishi, tepa suyakla-
rining o‘zaro birikishi va boshqalarni bunga misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |