6-rasm.Chanoq suyagining ko‘rinishi.
Tizza qopqog‘i suyagi organizmdagi eng yirik erkin suyak. U
uchburchak shakldagi tanasining old tomoni notekis, orqa to-
moni silliq, bu suyakka to‘rt boshli muskul payi birikadi.
Boldir
suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat.
Oyoq kaft (panja) suyaklari 5 ta kalta naysimon suyak bo‘lib,
bir tekislikda yotadi. Oyoq kaft suyaklari bosh barmoqdan jimjiloq-
qa qarab sanaladi. Ularning asosiy tanasi va boshchasi bor.
Oyoq
barmog‘i suyaklari kalta naysimon suyaklar guruhiga kiradi, ular
14 ta. Bosh barmoqda 2 ta, qolganlarida 3 tadan bo‘lib, ular asosiy
o‘rta tirnoq falangasi deb ataladi. Odamning oyoq panjasi biroz
gumbaz shaklida tuzilgan, yuqori qismi qavariq, tagi botiqroq.
Oyoq panjasining bunday tuzilishi odam yengil harakatlanishida
turli turtkilar kuchining kamayishi va gavdaning yerga tayanishida
muhim ahamiyatga ega.
KALLA SUYAGI
Kalla suyagi 23 ta suyakning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Kalla suyagi miya qutisi suyaklari va yuz suyaklariga bo‘linadi.
Miya qutisi suyaklari ensa (1 ta), chakka (2 ta), peshana (1 ta),
tepa (2 ta), asosiy (1 ta) va g‘alvirsimon (1 ta) suyaklar; yuz su-
yaklari yuqori jag‘ (2 ta), yonoq (2 ta), burun (2 ta), ko‘z yosh (2
ta), pastkiburun chanog‘i (2 ta), tanglay (2 ta), pastki jag‘ (1 ta),
dimog‘ (1 ta) va til osti (1 ta) suyaklaridan iborat. (7-rasm).
Ensa suyagi miya qutisi orqasining pastki qismida joylashgan
toq suyakdir. U to‘rt qism: asosiy, ikkita chetki va palla qismdan
tashkil topgan.
20
Tepa suyagi to‘rtburchak shakldagi yassi suyakdir. Uning to‘rt
tomoni va to‘rtta burchagi bor. Peshana suyagi toq bo‘lib, to‘rt
qismdan: palla, burun va ikkita ko‘z qismdan tashkil topgan.
Chakka suyagi juft bo‘lib, 4 ta: chig‘anoq, nog‘ora, so‘rg‘ichsimon
va piramida qismidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |