Anatomiya yangi indd


-rasm.Kalla suyagining tuzilishi va qismlari


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

7-rasm.Kalla suyagining tuzilishi va qismlari.

Ponasimon toq suyak bo‘lib, miya qutisining asosida joylash-

gan. Tanasi va 3 juft o‘sig‘i bo‘ladi. G‘alvirsimon suyak toq bo‘lib, 

asosan, g‘alvirsimon va tik joylashgan plastinkadan tuzilgan. 

Yuqori jag‘ suyagi juft suyakdir. U yuzning asosiy qismini tashkil 

etib, tanasidan 4 ta: peshana, yonoq, alveola va tanglay o‘siqlari 

chiqadi.  Pastki jag‘ taqa shaklida bo‘lib, ta 

nasi va 2 ta tarmoq-

dan iborat. Tanasining oldingi tomonida iyak do‘ngligi rivojlangan. 

Burun suyagi  kichik to‘rtburchak plastinka shaklidagi juft suyak 

bo‘lib, yuqorida peshana suyagining burun qismi bilan, yon to-

monda yuqori jag‘ning peshana o‘sig‘i bilan va ikkinchi tomondan 

burun suyagi bilan birikadi. Dimog‘ suyagi  to‘rtburchak shakl 

-

dagi yupqa suyak plastinkadan iborat. Yanoq  suyagi  noto‘g‘ri 



to‘rtburchak shakldagi juft suyak; uning tanasi va peshana, yuqori 

jag‘, chakka suyaklari bilan birikadigan o‘siqlari bo‘ladi. Ko‘z yo-

shi suyagi  kallaning yuz qismidagi eng nozik, kichik to‘rtburchak 

21

suyak. U ko‘z yoshi kanalining ichki devori hosil bo‘lishida qatna-



shadi. Tanglay suyagi 2 ta plastinkadan iborat juft suyak, bir-biri 

bilan burchak hosil qilib birikadi. Burunning pastki  chig‘anog‘i bir 

juft bo‘lib, plastinka shaklida burunning yon devoridan ichkariga 

o‘sib chiqadi.



 Til osti suyagi  yuz suyaklariga qo‘shib o‘rganiladi. 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling