3-rasm. Dumg‘aza suyagining ko‘rinishi.
Dum suyagi odamlarda rudiment holda bo‘lib, faqat tana-
si va kichik yon o‘simtasi saqlangan.
Ko‘krak qafasi suyaklari
(4-rasm) 12 juft qovurg‘a, to‘sh suyagi va 12 ta ko‘krak umurtqa-
sidan iborat, bularning birikishidan konus shaklidagi bo‘shliq xo-
sil bo‘lib, unda muhim ichki organlar: yurak, traxeya, bronxlar,
o‘pka, qizilo‘n gach va yirik qon tomirlari joylashadi.
17
Qovurg‘alar
ingichka tasmasimon yoydan iborat bo‘lib, suyak
qismida boshi, bo‘yni, do‘mbog‘i va tanasi bo‘ladi. Qovurg‘alar
oldingi uchi bilan to‘sh suyagiga, orqa uchi bilan umurtqa
pog‘onasiga, orqa suyakli qismidagi boshi va do‘mboqlari bilan
umurtqalar tanasiga va ko‘ndalang o‘sig‘iga birikadi. To‘sh suyagi
yassi toq suyak bo‘lib, dastasi, tanasi va xanjarsimon o‘simtasi
bor. Odamning 20-25 yoshida bu qismlar bir-biri bilan suyakli
birikib, yaxlit to‘sh suyagini hosil qiladi. Dastasining yuqorigi to-
monida o‘yig‘i bo‘lib, uning ikki yonida qovurg‘alar tutashadigan
chuqurcha bor. To‘sh suyagining o‘simtasi xanjarsimon, ayrisi-
mon va yumaloq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |