Anatomiyadan amaliy
Boshning asosi (basis cranii)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Boshning asosi (basis cranii). Kalla asosining ichi (basis cranii interna). Kalla asosining ichida bir-biridan yaxshi ajralib turadigan oldingi, o’rta va orqa chuqurchalar (fossa cranii anterior, media, posterior) bor (28 - rasm).
Kallaning oldingi chuqurchasi oldindan peshona suyagining tangachalari (pallalari), orqadan - kallaning oldingi va o’rta chuqurchalarini ajratib turadigan ponasimon suyakning kichik qanotlari (alae minor os sphenoidalis) orasida hosil bo’ladi. Bu chuqurchaning hosil bo’lishida peshona suyagi ko’z qismining yuqori yuzasi, o’rtada- g’alvirsimon suyakning plastinkasi (lamina cribrosa),orqada - ponasimon suyakning kichik qanotlari va uning oldingi yuzasi ishtirok etadi. Chuqurchaning o’rtasida tojsimon qirra (crista galli) bo’rtib chiqib turgan bo’lib, uning ikkala yon tomonlaridan hidlov nervining piyozchasi (bulbi olfactoria), ustidan esa miya qattiq pardasi varaqlaridan hosil bo’ladigan miya qattiq pardasining o’rog’i (falx cerebri) o’tadi. O’roqning yuqori sohasi bo’ylab yuqorigi sagittal bo’shlig’i (sinus sagitalis superior) o’tadi. Bu bo’shliq teshikdan (framen caecum) o’tib, tojsimon qirra oldida joylashadigan emissar venalar bilan aloqada bo’ladi. Burun bo’shlig’i vena chigallari bilan ham qo’shilishadi. Tojsimon qirraning yon tomonlarida g’alvirsimon suyak varag’i plastinkalarining teshiklari joylashib, u orqali hidlov nervining 30 ga yaqin tolalari (filamens olfactoria), oldingi g’alvirsimon arteriya bilan vena (a. et v. ethmoidalis anterior) ko’z arteriyasining tarmog’i (venasi bilan) va uch shoxli nerv birinchi shoxining tarmoqlari o’tadi. Oldingi g’alvirsimon arteriyadan miya pardasining oldingi arteriyasi (a. meningea anterior) chiqib, ko’z kosasining yuqori yorig’idan miya bo’shlig’iga kiradi va qattiq pardaning oldingi qismini qon bilan ta`minlaydi. Tojsimon qirraning ikki yon tomonlarida g’alvirrsimon suyak varag’i plastinkalarining teshiklari joylashib, ular orqali hidlov yo’li (tractus olfactorius) o’tadi. Bu yo’lning oldingi qismi piyoz shaklida yo’g’onlashgan bo’lib, bunga bulbus olfactorius deyiladi. Yana shu sohada bosh miyaning peshona bo’lagi ham joylashadi. Kalla oldingi chuqurchasi sohasida meningit yoki miya abssessi sodir bo’lsa, bu albatta peshona sinuslarining empiemasi yoki burun bo’shlig’ining yiringli kasalligi oqibatida bo’lishi mumkin. Infeksiya bu joylardan miyaga per. continuitatum yoki burun bo’shlig’i venalari bilan miya qattiq pardasi sinuslari orasidagi anastomozlar orqali o’tishi mumkin. Kallaning o’rta chuqurchasi oldingisidan ancha chuqurroq bo’lib, uning o’rta qismida - turk egarida joylashgan. O’rta chuqurcha ponasimon suyakning tanasi va kichik qanotlari (oldindan) hamda chakka suyagi tojsimon qismining oldingi yuzalari (orqadan) bilan chegaralanib turadi. Turk egarining ustida gipofiz bezi yotadi. Uning ustini miya qattiq pardasi yopib, egar diafragmasini (diaphragma seller) hosil qiladi. Diafragmaning markazida teshik bo’lib, undan gipofizni miya bilan birlashtirib turuvchi voronka (infundibulum) o’tadi. O’rta chuqurchaning ikki yon tomonlari suyak asoslarini ponasimon suyakning katta qanotlari (alae magna), piramida suyagining oldingi yuqori yuzalari va chakka suyagining tanga (palla) simon qismlari hosil qiladi. Ko’z nervlarining (nn. opticum) kesishmasi (chiasma opticum) turk egarining oldingi yuzasida, shu nomdagi egatchada joylashadi. O’rta chuqurchaning yon tomonlarini bosh miyaning chakka bo’laklari to’ldirib turadi. Chakka suyagi toshsimon qismining ustki qismida, uchlamchi chuqurchada (impressio cigeraim) uch shoxli nervning yarimoysimon tuguni (V juft bosh miya nervi) joylashadi. U miya qattiq pardasining ajralgan varaqlari bo’shlig’ida (cavum trigeminale) yotib, uning tashqi tomonida quloq nog’ora bo’shlig’ining ustki qismi (tegmen tympani) joylashadi. Turk egarining atrofi bo’ylab miya qattiq pardasining g’ovak bo’shlig’i (sinus cavernosus) joylashib, unga yuqori va pastki ko’z venalari kelib quyiladi. Bu g’ovak halqaning ichidan ichki uyku arteriyasi o’tadi. Kallaning o’rta chuqurchasi kanal, teshik va yoriqlar orqali boshning ko’pgina sohalari bilan aloqada bo’ladi. Ko’ruv kanali (canalis opticus) kichik qanotsimon suyaklar tanasining oldingi ichki tomonida joylashadi. U orqali ko’z kosasining ichiga ko’ruv nervi (n.opticus - bosh miyaning II juft nervi) bilan ko’z arteriyasi (a. optica) o’tadi. Ko’zning yuqori yorig’i (fissura orbitailis superior) orqali ko’z kosasiga III - IV - VI juft bosh miya nervlari va V juft nervining birinchi tarmog’i (nn. oculomotorius, trochlearis, abducens et n. ophthalmicus) hamda ko’z venalari (vv. ophtalmica) o’tadi. Yumaloq teshik (foramen rotundum) qanot-tanglay chuqurchasiga (fossa pterygopalatina) olib boradi. Uning ichidan yuqori jag’ nervi (uch shoxli nervning II tolasi) o’tadi. Ovalsimon teshik (foramen ovale) orqali pastki jag’ nervi (n. mandibularis - uch shoxli nervning III tarmogi) kallaning ichidan chiqadi. Bu nerv qo’shimcha arteriya tarmog’i (miya qattiq pardasiga va uch shoxli nervning yarimoysimon tuguniga boradigan) hamda qanotsimon vena chigallarini yoysimon bo’shliq bilan birlashtirib turadigan venalar bilan birga chiqadi. Ponasimon suyakning katta qanotida o’siqli teshik (foramen spinosum) bo’lib, u orqali kalla ichiga miya qattiq pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media) bilan miya pardasini innervatsiya qiluvchi pastki jag’ning qaytuvchi nervi o’tadi. Chakka suyak pallasining ichki sohasida bu arteriyaning tarmoqlari o’tadigan egatlari bor. Kallaning o’rta chuqurchasi shu o’siqli hamda ovalsimon teshiklar orqali boshning tashqi sohalari bilan aloqa qiladi. Uyqu arteriyasining kanali (canalis caroticus) dan ichki uyqu arteriyasi bilan shu nomli nerv chigallari kallaning ichki sathiga o’tadi. Pona - toshsimon yorig’i (fissura sphenopetrosa) ponasimon suyakning katta qanoti bilan chakka suyagining piramidasi orasida bo’lib, tolali paylar bilan to’lib turadi. Buning ichidan qanotsimon o’simtalariga katta toshsimon nervi (n. petrosus major) o’tadi. Ayrim hollarda bu yerdan yuzning chuqur sohasidagi qanotsimon vena chigallarini g’orsimon sinuslar bilan birlashtirib turuvchi anastomozlar ham o’tadi. Kichik toshsimon nerv yorig’idan shu nomli nerv o’tadi. Kallaning o’rta chuqurchasiga infeksiya ko’z venalari bo’ylab ko’z kosasidan kirishi mumkin. Kallaning orqa chuqurchasi yuqorida qayd qilinganday, ikkala chuqurchalardan keng va chuko’r bo’lib, o’rta chuqurchadan turk egarining orqa qirrasi (dorsum selle) va chakka suyagi piramidasining yuqori qismi bilan ajralib turadi. Kalla bo’shlig’ining boshqa joylaridan uni miyachaning chodiri (tentorium cerebelli) ajratib turadi. Chuqurchaning suyak asosini asosan ensa suyagi va bir oz (oldidan) chakka suyagi piramidalarining orqa sohalari tashkil qiladi. Kanalning orqa chuqurchasida miyacha (cerebellum), ko’prik (pons) va uzunchoq miya (medulla oblangata) joylashadi. Undan quyidagilar o’tadi: Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling