Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet55/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Bo’yin uchburchaklari. Avvalo shuni aytish kerakki, bo’yinning oldingi sohasi o’rta chiziq orqali o’ng va chap tomonlarga bo’linadi. Har bir tomon o’z navbatida to’sh - o’rov - so’rg’ichsimon mushagi orqali ikkita katta uchburchaklarga bo’linadi. Bu uchburchaklarning ichkari tomondagisi bo’yinning medial uchburchagi (trigonum colli medialis) va tashqi tomondagisi-bo’yinning lateral uchburchagi (trigonum colli lateralis) deyiladi. Medial uchburchak yuqoridan pastki jag’ning pastki qirrasi, orqadan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan-bo’yining o’rta chizig’i bilan chegaralangan. Lateral uchburchak esa oldindan – to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon mushagining orqa qirrasi, orqadan - trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi va pastdan-o’mrov suyakning yuqori qirrasi bilan chegaralanadi.
Bo’yinning lateral uchburchagi kurak - til osti mushagining (m.omohyoideus) pastki qorincha orqali kurak trapetsiyasimon va kurak - o’mrov uchburchaklariga (trigonum omotrapezoideum et trigonum omoclavicularis) bo’linadi. Kurak - trapetsiyasimon uchburchagini oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi, orqadan-trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi va pastdan – kurak - til osti mushagining qorinchasi chegaralab turadi. Kurak - o’mrov uchburchaklarini esa oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagining orqa qirrasi, yuqoridan – kurak - til osti

mushagining qorinchasi va pastdan - o’mrov suyagi chegaralab turadi.


Bo’yinning medial uchburchagida ham anchagina uchburchaklar tafovut qilinadi. Bular: jag’ osti uchburchagi (trigonum submandibularis). Bu uchburchakni yuqoridan-pastki jag’ning pastki qirrasi, ikkala yon tomonlarda-ikki qorinchali mushakning ikkala qorinchasi hosil qiladi. Bu uchburchakning pastki sohasida Pirogov uchburchagi tafovut qilinib, uning hosil bo’lishida yuqoridan – til osti nervi (n.hypoglossus), pastdan - ikki qorinchali mushakning (m.digastricus), oraliq payi va oldindan-jag’ til osti mushagi (m.mylohyoideus) ishtirok etadi. Uchburchakning tubini til
osti - til mushagi(m.hypoglossus) hosil qiladi. N.I.Pirogov bu uchburchak orqali u yerdan, til osti-til mushagining tagida o’tadigan til arteriyasini bog’lashini birinchi bo’lib taklif qilgan. Til arteriyasi bilan bu yerga til venasi va til osti nervi ham o’tadi.
Iyak osti uchburchagi (trigonum submentale) toq uchburchak bo’lib, uning chegaralarini ikki yon tomondan – ikki qorinchali mushakning oldingi qorinchalari va pastdan – til osti suyagining tanasi bilan katta shoxlari hosil qiladi.
Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum) yuqoridan ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi,tashqaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan – kurak - til osti mushagining yuqori qorinchasi bilan chegaralanadi. Bu uchburchakdan umumiy uyqu arteriyasi o’tadi.
Kurak - kekirdak uchburchagi (trigonum omotracheale)ni yuqoridan va orqadan – kurak - til osti mushagining yuqorigi qorinchasi, pastdan va orqadan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan – bo’yinning o’rta chizig’i chegaralab turadi.
Narvon-umurtqa uchburchagi (trigonum scalenovertebrale) bo’yin sohasining chuqur joylarida hosil bo’lib, uning chegaralarini-oldingi narvon mushagi (m.scalenus anterior), ichkari tomondan - bo’yinning uzun mushagi (m.longus colli) hamda bo’yin umurtqalari, pastdan-plevraning gumbazi tashkil qiladi. Bu uchburchak sohasida umurtqa arteriyasida va bo’yin-ko’krak (yulduzsimon) tugunchasida (a.vertebralis et ganglion stellatum) operasiyalar olib borish mumkin.
Iyak osti va pastki jag’ osti uchburchaklari hamda bu yerdagi bo’yin a’zolari, fastsiyalar va fastsiyalar aro bo’shliqning topografik anatomiyasini yozish va o’rganish oson bo’lishi uchun ular til osti suyagi ustki sohasi tarkibiga, kurak - kekirdak juft uchburchagi esa til osti sohasi tarkibiga kiritilgan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling