Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Bo’yin fastsiyalari. Bo’yindagi fastsiyalarning bir necha xil tasniflari bo’lib (N.I Pirogov, A.A Bobrov, V.N Shevkunenko va hokazo.), bularning ichida jarrohlik amaliyoti nuqtai nazaridan V.N.Shevkunenkoning tasnifi maqsadga muvofiq deb topilgan. (34-rasm) Bu tasnif bo’yicha besh qavat fastsiya mafjud:
1. Bo’yinning yuzaki fastsiyasi (fastsiya colli superficialis). Bu fastsiya tana umumiy yuza fastsiyasining davomi bo’lib, uning boshlanish va birikish joylari yo’q. U bo’yinda teri osti mushagi (m.platyzma)ga qin hosil qiladi hamda tashqi bo’yinturuq vena (u.jugularis externa)sini o’rab o’tadi. 2. Bo’yinning xususiy fastsiyasini yuza varag’i (lamina superficialis fassika colli propria) bo’yinning hamma tomonida bo’ladi. Yuqorida pastki jag’ning pastki qirralaridan, so’rg’ichsimon o’siqdan, yuqori bo’yin chizig’idan boshlanib, pastda to’sh suyagi dastasi (manibrum sterni) va o’mrov suyagining yuqori oldingi yuzalariga birikadi. Orqa tomondan bo’yin umurtqalarining qirrali o’siqlari ustidagi boylamga va yuqori ensa chizig’iga, oldingi tomonda esa qarama-qarshi tomondagi fastsiya bilan, shuningdek bo’yinning uchinchi fastsiyasi bilan birlashib, o’rta chiziqda bo’yinning oq chizig’ini hosil qiladi. Bundan tashqari bo’yinning ikkinchi fastsiyasi bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlari ustidan o’tar ekan, bu o’siqlarga birikadi, natijada ko’ndalang o’siq sohasida frontal tekislikda yotgan bo’yinning old tomonini uni orqa tomonidan ajratib turuvchi fastsiyal to’siq hosil bo’ladi. Bu to’siq bo’yinning oldingi tomonidagi yiringli yallig’lanish jarayonlarini (frunkul, karbunkul, absess va hokazo) orqa tomonga va orqa tomondagi shu kabi jarayonlarni oldingi tomonga tarqalib ketishidan saqlaydi. Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi o’z yo’lida m.trapesius va to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarga yaqinlashar ekan, ikki varaqqa bo’linib ularni oldidan va orqasidan aylanib o’tib, ularga qin hosil qiladi.Oldingi yuqori tomonga esa jag’ osti so’lak beziga qobiq hosil qiladi. 3. Bo’yinning xususiy fastsiyasining chuqur varag’i (lamina profunda fastsiya colli propriae) – Bo’yinning oldingi tomonida, faqat til osti suyagidan pastda bo’lib, til osti suyagi va uning qanotlaridan boshlanib, pastda to’sh va o’mrov suyaklarining yuqori orqa yuzalariga birikadi. Uning shakli trapesiya ko’rinishiga ega bo’lib, yon chegaralari kurak-til osti mushaklarigacha tortilgan bo’ladi. Bu fastsiya til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklar: to’sh - til osti (m.sternohyoideus), to’sh-qalqonsimon (m.sternotyroideus) va qalqonsimon til osti (m.tyrohyoideus)larga qin hosil qiladi. Natijada bu fastsiya mushaklar bilan zich qo’shuvchi to’qima - mushak plastinkasini, ya’ni kurak - o’mrov aponevrozini (aponeurozus omoclavicularis) hosil qiladi. 4. Bo’yinning ichki fastsiyasi (fassia endocervicalis) - bo’yinda joylashgan halqum, hiqildoq, kekirdak, qizilo’ngach, qalqonsimon bez va boshqa bo’yin a’zolarini va qon tomirlarini o’rab turadi. Bu fastsiyaning ikki varag’i - pariyetal va visceral varaqlari tafovut qilinib, ularning birinchisi bo’yin a’zolarining ustidan o’rab o’tsa, ikkinchisi-har bir a’zoning alohida - alohida o’rab, ularning har biri uchun qin hosil qiladi. Bundan tashqari, to’rtinchi fastsiyaning pariyetal varag’i bo’yinning asosiy qon tomirlariga: umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq vena va adashgan nervni hamma tomondan o’rab, ular uchun ayrim-ayrim va umumiy qin hosil qiladi. Bo’yinning to’rtinchi fastsiyasi yuqoridan kalla asosigacha, pastdan - ko’krak qafasigacha davom etadi va ko’ks oralig’ining oldingi yarmida joylashgan a’zolarni o’raydi. 5. Umurtqa oldi fastsiyasi (fastsiya prevertebralis) deyilib, bo’yin IV fastsiyasi varag’ining bir qismi hisoblanadi. U bo’yin a’zolarining orqasida, umurtqalarning oldida yotib, o’z yo’lida simpatik poya hamda bg’yin umurtqalari oldida va ko’ndalang o’simtalarda yotgan mushaklarni (m.m. longus colli va longus capitis) yopib o’tadi. So’ngra pastga hamda ikkala yon tomonga tarqalib, bo’yinning tashqi uchburchagigacha tushadi va u yerdagi narvon mushaklarga (m.m scalenus anterior,medius va posterior), qon tomir va nerv tutamlariga (o’mrov osti arteriyasi, venasi va yelka chigali) qin hosil qiladi. Bu yerdan pastga yo’nalib, ko’krak qafasini ichki fastsiyasi (fastsiya endothoracica)ga qo’shilib ketadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling