Anatomiyadan amaliy
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB BO’YIN TOPOGRAFIYASI
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Boshning miya qismi yuz qismidan qanday chegaralanadi? 2. Peshona-tepa-ensa sohasining chegarasi qanday? 3. Boshning gumbazida qanday qon tomirlar va nervlar bor? 4. Bosh gumbazi qavatlarining topografiyasi? 5. Miyaning qanday pardalari va pardalararo bo’shliqlari bor ? 6. Miya qattiq pardasining asosiy bo’shliqlarini (sinuslarini) ayting? 7. Bosh gumbazi vena sistemasining xususiyati nimada? 8. G’or bo’shlig’ining topografiyasi qanday va uning klinik ahamiyati? 9. Chakka sohasi qanday qavatlardan iborat? 10. Chakka aponevrozi qanday tuzilishga ega va qanaqa ikkita yog’ to’qima bo’shlig’iga bu sohani ajratib turadi? 11. Kronleyn chizmasining 6 ta chizig’i qanday o’tkaziladi? 12. Roland egatchasining bosh terisidagi tasviri qanday aniqlanadi? 13. Sil'viy egatchasining bosh terisidagi tasviri qanday aniqlanadi? 14. Kronleyn chizmasi bo’yicha miya o’rta parda arteriyasi shoxlarining topografiyasini qanday aniqlash mumkin? 15. Kallaning qanday chuqurchalari bor? Ulardagi teshiklarni ayting? 16. Kalla o’rta chuqurchasining qaysi teshiklaridan uch shoxli nervning uchta nervi o’tadi? 17. Yuzning yon sohasi qanday sohalarga bo’linadi? 18. Quloq oldi bezi va uning yo’lini topografiyasi qanday? 19. Yuz nervi shoxlarining yuzdagi topografiyasi qanday? 20. Uch shoxli nervning yuzdagi shoxlari topografiyasi qanday? 21. Yuzning chuqur sohasidan yiring qayerga tarqalishi mumkin? IV BOB BO’YIN TOPOGRAFIYASI Bo’yinning yuqori chegarasi iyakdan, pastki jag’ning pastki qirrasi bo’ylab, so’rg’ichsimon o’siqning cho’qqisigacha va u yerdan yuqori bo’yin chizig’i orqali, ensa suyagining tashqi do’mbog’igacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Uning pastki chegarasi to’sh suyagining o’ymasidan o’mrov suyaklari bo’ylab kurak suyagining akromion o’sig’igacha va u yerdan VII bo’yin umurtqasining o’tkir o’simtasigacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Bo’yin a’zolarining topografiyasini o’rganishda undagi bo’lgan juda ko’p belgilardan foydalanish katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunonchi, pastki jag’ suyagi, uning burchaklari, pastki qirralari, shoxlari, bo’g’imi, iyak do’mbog’i, to’sh suyagining o’ymasi, o’mrov suyaklari, kurakning akromion o’sig’i, bo’yin umurtqalari, ularning o’simtalari, til osti suyagi, uzuksimon tog’ay, hiqildoq, to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon mushaklari va boshqalar aniq ko’rinib hamda paypaslanib, bo’yindagi kerakli bo’lgan joylarning o’rnini, holatini, o’zaro munosabatini aniqlashda yordam beradi. Masalan, boshni orqaga tashlaganda to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon o’simta mushagi yaqqol ko’rinib taranglashadi. Uning yuqori uchlarining oldidagi qirrasiga umumiy uyqu arteriyasining tashqi tasviri to’g’ri keladi. Bosh oldiniga tashlansa, o’rta teri burmasiga til osti suyagining tasviri to’g’ri keladi, uning ikkala yon tomonga uning qanotlari to’g’ri keladi. Til osti suyagining pastida tog’ayning plastinkalari paypaslanadi, uning ostida yesa uzuksimon tog’ayni aniqlashimiz mumkin. Uzuksimon tog’ay bilan qalqonsimon tog’ay plastinkalarini o’rtasida chuqurlik bo’lib, u yerdan shoshilinch konikotomiya o’tkazish mumkin. Qalqonsimon tog’ay o’rtasidan to’sh suyagining o’ymasiga o’tkazilgan to’g’ri chiziq kekirdakning tashqi tasviriga to’g’ri keladi, undan ozgina chaproqdan esa-qizilo’ngach o’tadi. To’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon o’simta mushagining oldingi yuzasiga, uzuksimon tog’ay ro’parasidan ancha yuqoriroqda VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasidagi do’mboq paypaslanadi. Bu do’mboqqa umumiy uyqu arteriyasining bosib, undan qon ketishini to’xtatish mumkin. Qalqonsimon tog’ayning yuqori sohasiga umumiy uyqu arteriyasining bifurkasiyasi to’g’ri keladi. To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushak orqa qirrasining o’mrov suyagi bilan kesishgan joyida o’mrov osti arteriyasining pulsini aniqlashimiz mumkin. Shu yerning o’zida bu arteriyani birinchi qovurg’aga bosib undan qon ketishini vaqtincha to’xtashimiz mumkin. To’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon o’siq mushagini pastki hamda o’rta qismlarga bo’ladigan nuqtasidan o’mrov suyagining o’rtasiga qarab o’tkazilgan chiziq, bo’yin chigalining tashqi tasvirini ko’rsatadi. O’mrov suyagining o’rtasidan 2-2,5 sm yuqorida bu chigalni anesteziya qilishimiz mumkin. Trapesiyasimon mushakning oldingi qirrasi bo’ylab bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’simtalari orqali o’tkazilgan frontal chiziq bo’yinning oldingi va orqa sohalariga (reg.servisis anterior yet posterior) bo’ladi. Bo’yin a’zolari topografiyasini yaxshi o’rganish uchun hamda amaliyot nuqtai nazaridan bo’yinning oldingi sohasini bir nechta uchburchaklarga bo’lib o’rganamiz. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling