Anatomiyadan amaliy


Bo’yin fastsiyalar aro bo’shliqlari


Download 0.82 Mb.
bet57/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Bo’yin fastsiyalar aro bo’shliqlari. Yuqorida aytganimizdek, bo’yin fastsiyalari yiringli kasalliklarni, har xil gematomalarning tarqalishida ularning yo’lida to’siq vazifasini o’tashga katta amaliy ahamiyatga ega. Fastsiya varaqlarining yo’nalishi, birikishi va o’zaro munosabatlari natijasida bular orasida bo’shliqlar, bir-birlari bilan aloqa qiladigan yo’llar hamda yopiq xaltalar hosil bo’ladi. Bular qon, yiring va boshqa suyuqliklar yig’ilib qoladigan va u yerdan boshqa sohalarga tarqaladigan joylar bo’lib, klinik tibbiyotda alohida o’rin tutadi.
Bo’yinning ikkinchi va uchinchi fastsiyalarining to’sh va o’mrov suyaklarining oldingi (ikkinchi fastsiya) va orqa (uchinchi fastsiya) yuzalariga birikishi natijasida, to’sh suyagining ustida, fastsiyalararo to’sh suyagi usti bo’shlig’i (spatium interaponeurotikum suprasternale) hosil bo’ladi. Buning ichida yog’ to’qimasi, bo’yinning yuzaki venalari, buyinturuq vena yoyi(arkus venozus juguli) va limfa tugunlari yotadi. Bu bo’shliq to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqasida joylashgan ko’r xalta (saccus saecus retrosternocleideomastoideus)bilan aloqa qiladi. Bu xalta birinchi marta V.L Gruber tomonidan yozib qoldirilgan bo’lib, oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi qinining orqa devori bilan, orqadan – kurak o’mrov fastsiyasi bilan va pastdan-o’mrov suyagining orqa yuzasi bilan chegaralanib turadi. Yopiq fastsiya xaltalariga yana pastki jag’ osti bezining xaltasi (saccus gl.submandibularis) kirib, u bo’yin ikkinchi fastsiyasining shu bezga hosil qilgan qobig’idan hamda pastki jag’ suyagining, suyak usti pardasidan hosil bo’ladi. Xaltaning ichida bezning o’zidan tashqari yog’ to’qimasi, limfa tugunlari, yuz arteriya va venalari o’tadi. Ikkinchi fastsiyaning ikki varaqqa bo’linib to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi uchun qin hosil qilishdan uning ichida ham fastsiyali xalta (saccus sternokleidomastoideus) hosil bo’ladi.
Yopiq bo’shliqlardan tashqari bir nechta fastsiyalar aro yoriqlar bo’lib, ular boshqa sohalar bilan bemalol aloqa qilib, yiringli infeksiyaning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalishida asosiy yo’l bo’lib xizmat qiladi. Bulardan ichki a’zolar oldi bo’shlig’ini (spatium previsceralis) olsak, u IV fastsiyaning visceral hamda pariyetal varaqlari orasiga hosil bo’lib, til osti suyagi bilan to’sh suyagi o’ymasi orasida joylashgan bo’ladi. Uning kekirdak sohasidagi qismida kekirdak oldi bo’shlig’i (spatium pretracheale) deyiladi. Bu bo’shliq kekirdakning yon hamda orqa tomonlarida qizilo’ngach oldi bo’shlig’iga o’tadi. Uning pastki qismlarida qalqonsimon bezning eng pastki vena chigali (plexus tyroideus impar) va shu bezning pastki venasi (v.thyroidea ima), ayrim vaqtlarda esa, shu nomli arteriya (a.thyroidea ima) yotadi. Bu arteriya yelka-bosh stvoli (truncus brachiocephalicus) ning yoki aorta yoyining tarmog’idir. Jarroh shu sohalarda o’tkaziladigan har xil operasiyalarda bu qon tomirlaridan ehtiyot bo’lishi kerak. Kekirdak oldi yog’ to’qimasi pastda oldingi ko’ks oralig’igacha davom etib, undan yupqagina fassial - to’siq bilan ajralib turadi. Ammo bu to’siqdan juda ko’p qon tomir va limfa yo’llari o’tganligi sababli, yiringli yallig’lanish jarayonlari shu yo’llar orqali oldingi ko’ks oralig’igacha o’tishi mumkin.
Ichki a’zolar orqasidagi bo’shlig’i (spatium retrovisceralis) – halqum va qizilo’ngach orqasida, IV fastsiyaning pariyetal varaqlari bilan V fastsiya orasida hosil bo’ladi. Bu bo’shliq orqa ko’ks oralig’i bilan aloqada bo’lib, kalla asosidan diafragmagacha davom etadi.
Qon - tomir va nervlar qinining bo’shlig’i (vagina vasonervorum) juft bo’lib, bo’yinning katta qon tomir va nervlari (umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq venasi va adashgan nervi) bo’ylab davom etib, IV bo’yin fastsiyasining pariyetal varag’idan hosil bo’ladi. Uning ichida qon tomir va nervlardan tashqari, limfa tugunlari ham joylashadi. Bu bo’shliq, yuqoridan-kalla asosigacha, pastdan - oldingi ko’ks oralig’igacha davom etib, adashgan nerv orqali - orqa ko’ks oralig’iga o’tib ketadi. Agar ko’ks oralig’iga dori yuborish kerak bo’lsa, bo’yindagi shu bo’shliq orqali yuborish mumkin.
Bo’yinning yon uchburchagidagi to’qimalar bo’shlig’i, bo’yinning II va V fastsiyalari orasida, kurak usti qon tomirlari bo’ylab hosil bo’lib, kalla asosidan diafragmagacha davom etadi. Bo’yinning sohalari topografik anatomiyasini quyidagi tartibda o’rganamiz: to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon sohasi, uyqu uchburchagi, til osti suyagi usti va til osti suyagi osti hamda tashqi uchburchak sohalarining topografiyasi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling