Anatomiyadan amaliy
Til osti suyagining pastki sohasi (reg. infrahyoidea)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Til osti suyagining pastki sohasi (reg. infrahyoidea). Sohaning tarkibiga o’ng va chap kurak-kekirdak uchburchaklari kirib, uning chegarasini yuqoridan – til osti suyagi, pastdan – to’sh suyagining bo’yinturuq o’ymasi, yon tomonlaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarning ichki qirralari tashkil qiladi. Sohaning terisi yupqa, harakatchan, ter hamda yog’ bezlari boy bo’lib, tagidagi yuzaki fastsiya bilan birikkan bo’ladi. Yuzaki fastsiya teri osti mushagini o’rab, unga qin hosil qiladi. Fastsiyaning ostidan va yog’ to’qimadan oldingi bo’yinturuq venalari o’tib, ular tik yo’nalishda sohaning pastidagi bir qavatli II fastsiyani teshib o’tadi. To’sh suyagi ustida fastsiyalar aro bo’shliq ichida bu venalar ko’ndalang anastamozlar (buyinturuq vena yoyi) ni g’osil qilgach, tashqariga to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqasiga o’tib, tashqi bo’yinturuq venasiga quyadi.
Ma’lumki, to’sh usti fastsiyalar aro yog’ to’qima bo’shlig’ining orqa devorini bo’yinning uchinchi fastsiyasi hosil qiladi. II va III bo’yin fastsiyalarining o’rta yo’lda bir - biri bilan birlashishdan bo’yinning oq chizig’i (lin. alba cervicales) hosil bo’ladi. Bu chiziq ayniqsa to’sh usti fastsiyalar aro bo’shliqdan 3 – 3,5 sm yuqorida yaxshi rivojlangan bo’lib, uning kengligi 3 - 4 mm gacha bo’ladi. Agar to’qimalarni shu oq chiziq bo’ylab kesib o’tsak, bo’yinning til osti suyagidan pastda joylashgan a’zolarga bu yerdagi mushaklarni jarohatlamay yo’l ochishimiz mumkin. Bu yerdagi bo’yin III fastsiyasi ichida, shu yerda joylashgan mushaklar yuzaki hamda chuqur qavat hosil qilib joylashadi. Yuzaki qavatda, to’sh - til osti (m. sternohyoideus) va kurak - til osti (m. omohyoideus) mushaklari, chuqur qavatda esa – to’sh - qalqonsimon (m. sternothyreoideus) va qalqonsimon-til osti (m. thyreohyoideus) mushaklari joylashadi. III bo’yin fastsiyasining orqa yuzasiga IV fastsiyasining pariyetal varag’i tegib turadi, uning orasida esa – visseral oldi bo’shliq joylashadi. Bu bo’shliqda qalqonsimon bezning toq vena chigali (plexus thyroideus impar) hamda 10 - 15 foiz hollarda uchraydigan qalqonsimon bezning uchinchi arteriyasi (a. thyroideus impar) joylashadi. Bulardan keyin IV fastsiyaning visceral varag’i va unga o’ralgan bo’yin a’zolari: hiqildoq, kekirdak, qalqonsimon bez, halqum va qizilo’ngach ko’rinadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling