Anatomiyadan amaliy


Kalla - miya topografiyasi


Download 0.82 Mb.
bet49/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Kalla - miya topografiyasi. Miyaning kalla ichidagi pushtalari, egatlari va katta qon tomirlarining teridagi tashqi tasvirini aniqlash uchun odatda Krenleyn (Kronlein) taklif qilgan chizmadan foydalaniladi (30- rasm). Bu shizma bo’yicha bosh terisida 6 ta chiziq o’tkaziladi. Bunda boshning sagittal chizig’i bo’ylab, ensa suyagining katta do’mbog’idan burunning asosigacha bitta sagital chiziq o’tkaziladi. Ko’z kosasining pastki qirrasidan quloqning tashqi eshituv teshigigacha pastki gorizontal va shu gorizontal chiziqqa parallel holda ko’z kosasining yuqori qirrasi bo’ylab yuqori gorizontal chiziqlar o’tkaziladi. Gorizontal chiziqqa perpendikulyar holatda yonoq suyagining o’rtasidan sagittal chiziqgacha - oldingi vertikal chiziq pastki jag’ bo’g’imining o’rtasidan – o’rta vertikal chiziq va so’rg’ichsimon o’simta asosining orqasidan - orqa vertikal chiziqlar sagittal chiziq bilan kesishguncha davom ettiriladi.
Hosil bo’lgan chizma bo’yicha miya qattiq pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media) oldingi vertikal chiziqni, pastki gorizontal chiziq bilan kesishgan joyiga yoki yonoq suyagi o’rta qismining yuqorisiga to’g’ri keladi. Shu arteriyaning oldingi tarmog’i yuqori gorizontal chiziqning oldingi vertikal chiziq bilan kesishgan joyiga to’g’ri keladi. Orqa tarmog’i esa, yuqori gorizontal chiziqning orqa vertikal chiziq bilan kesishadigan joyiga to’g’ri keladi.
Markaziy (Roland) egatning (sul. centralis) tashqi tasvirini aniqlash uchun yuqori gorizontal chiziqning oldingi vertikal chiziq bilan kesishgan joyidan, orqa vertikal chiziqning sagittal chiziq bilan kesishgan joyigacha chiziq o’tkazilsa, markaziy egat shu chiziqning o’rta vertikal bilan orqa vertikallar o’rtasidagi bo’lagiga to’g’ri keladi.
Lateral (Sil'viy) egat (sul. lateralis) tasviri markaziy egat hosil qilgan chiziq bilan yuqori gorizontal chiziq o’rtasidagi uchburchakning teng o’rtasidan (bissektrisasidan) o’tkazilgan chiziqning oldingi va orqa vertikal chiziqlari orasidagi bo’lagiga to’g’ri keladi. Sil'viy egati tasviri chiziq chegarasiga to’g’ri turgan sagittal chiziq bo’lagi bilan yuqori gorizontal chiziq o’rtasidagi masofani teng uchga bo’lsak, yuqori va o’rta uchliklar o’rtasiga, tepa - ensa egatining tasviriga to’g’ri keladi.
Miya qattiq pardasidagi sinuslardan yuqorigi o’q- yoysimon sinusi - sagittal chiziq bo’ylab, ko’ndalang sinus - yuqori bo’yin chizig’i bo’ylab, sigmasimon sinus – so’rg’ichsimon o’simta qirrasining orqasida, sinuslar ko’li - ensa suyagining katta do’mbog’ining ostida tasvirlanadi.
Krenleyn chizmasi S. S. Bryusova uchinchi gorizontal chiziq bilan to’ldirdi. Bu chiziq orqa vertikal chiziqni, Sil'viy egati chizig’i bilan kesishgan joyidan, yuqoridagi ikkita gorizontal chiziqlarga parallel holda o’tkaziladi. Bu chizma bo’yicha ichki uyqu arteriyasining tasviri (g’ovaksimon sinusdan chiqqan joyidan boshlab) oldingi medial to’rtburchakka to’gri keladi. Oldingi miya arteriyasi esa yuqorigi gorizontal chiziq bo’ylab o’tadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling