Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet93/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Och va yonbosh ichaklar. Och ichak 12 barmoq ichakning davomi bo’lib, ingichka ichakning 2/5 qismini tashqil qiladi. Yonbosh ichak esa uning davomi hisoblanib, ingichka ichakning 3/5 qismini tashqil qiladi. Ikkalasining uzunligi 5 - 7 m gacha bo’lib, II bel umurtqasidan chapda joylashgan flexura duodenojejunalis dan boshlanadi va o’ng yonbosh sohasida yo’g’on ichakning ko’r ichak qismiga ochiladi. Bu ikkala ichakning tutqichlari bitta bo’lganidan intestinum tenue mesenteriale deyiladi. Ingichka ichakning bu sunggi ikki qismi qorin bo’shlig’ida, ko’ndalang chambar ichak (colon transversum) dan pastda juda ko’p qovuzloklar hosil qilib joylashgan. Ingichka ichak och va yonbosh ichak deb shartli ravishda ikkiga bo’linadi. Chunki ularning oralarida uncha sezilarli chegara bo’lmaydi. Ularni faqat ichki tuzilishiga qarab ajratish mumkin. Ingichka ichakning och ichak qismi qovuzloqlari ko’pincha qorin bo’shlig’i pastki qavatining chap tomonida va kindik atroflarida ko’ndalang holatda, yonbosh ichakning qovuzloqlari esa, bo’shliqning o’ng tomonida va pastda tik holatda yotadi. Umuman ingichka ichak qovuzloqlari kindik sohasi, qorin osti sohasida joylashadi va qisman kichik chanoq bo’shlig’iga ham tushadi.
Ingichka ichakning devori seroz (tunica serosa), seroz osti tanasi (tela subserosa), mushak (tunica muscularis), shilliq osti tanasi (tela submucosa) va shilliq (tunica mucosa) qavatlardan tashkil topgan. Ichakni hamma tomonidan qoplagan qorin parda uning tutqichini hosil qiladi. Ingichka ichakning boshlang’ich qismlarida ichak tutqichining uzunligi 10 - 15, o’rta va oxirgi qismlarida - 20 - 25 sm ga yetadi. Buning evaziga ichakning oxirgi qismlari juda harakatchan bo’lib, chov yoki son churralarida ular churra xaltalariga kirib qoladi. Bundan tashqari, ularning harakatchanligi oqibatida ichaklarning o’ralib qolish xodisalari ko’p uchraydi.
Ichak tutqichining qorin orqa devoriga birikkan qismi tutqichning ildizi deyilib, u yuqoridan pastga, chapdan o’ngga qarab, qiyshiq, holda yo’naladi. Bu tutqich ildizi II bel umurtqasining chap tomonidan boshlanib, yonbosh ichakning yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichakka ochiladigan joyida, V bel umurtqasining o’ng tomoniga birikadi. O’z yo’lida III bel umurtqasini, qorin aortasini, pastki kovak venani, o’ng siydik yo’lini va moyak arteriya hamda venasini (a. et. v. testicularis dexter) kesib o’tadi. Tutqich ildizining uzunligi 13 - 15 sm bo’ladi.
Ingichka ichak, ichak tutqichining ustki arteriyasidan (a. mesenterica superior) qon bilan ta’minlanadi. Bu arteriya qorin aortasining tarmog’i bo’lib, qorin arteriya stvolidan (truncus coeliacus) taxminan 1,5 - 2 sm pastroqda, I bel umurtqasi ro’parasidan chiqadi. So’ngra, me’da osti bezining orqasida pastga va chapga qarab yurib, me’da osti bezining pastki qirrasi bilan 12 barmoq ichak pastki gorizontal qismining orqasiga o’tadi va u yerdan och ichak - 12 barmoq, ichak egriligida tutqich ildiziga boradi.
Ichak tutqichining ustki arteriyasi bu yerda o’zidan me’da osti bezi - 12 barmoq ichak pastki arteriya tarmog’ini beradi. Bu arteriya keyinchalik me’da osti bezi va 12 barmoq ichakning pastki gorizontal qismiga borib, ularni qon bilan ta’minlaydi. Bundan keyin, ichak tutqichining ustki arteriyasidan ingichka ichakka, tutqich varaqlari orasidan 16 - 18 tagacha och ichak va yonbosh ichak arteriya (aa. jejunalis et aa. ilcelis) tagrmoqlari chiqib, ularni qon bilan ta’minlay­di. Bu arteriyalar ichak tutqichlarida bir - biri bilan juda ko’p anastomozlar hosil qilib, arteriya ravoqlarini tashkil qiladi. Ravoqlar birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli (qatorli) bo’lib, ularning ko’rinishi ilonizi yoki g’ujumsimon shaklda bo’lishi mumkin. Ichakka yetib kelgan qon tomirlar uning satxida qalin arteriya anastomozlarini hosil qiladi.
Och ichak va yonbosh ichak venalari arteriyalar bilan birga yo’nalib, qopqa vena hosil bo’lishida qatnashadigan ichak tutqichning ustki venasiga (m. mesenterica superior) ochiladi.
Limfa yo’llari ham qon tomirlar bilan birga yo’nalib, ichak tutqich varaqlari ichida joylashgan ko’p sonli limfa tugunlariga ochiladi. Tutqich limfa tugunlaridan limfa yo’llari qopqa vena va aorta bilan pastki kovak vena atroflarida joylashgan limfa tugunlariga ochiladi. U yerdan esa limfa suyuqligi I - II bel umurtqasi sohasida joylashgan limfa sisternasiga (cysterna chyli) quyilib, ko’krak limfa yo’lini (ductus thoracicus) hosil bo’lishida qatnashadi.
Ingichka ichaklar vegetativ nerv sistemasi bilan innervasiyalanadi. Ichak devorlarida uchta nerv chigallari joylashadi. Bular: seroz va mushak (plexus subserosus et mesentericus Auerbachi) hamda shilliq osti (plexus submu-cosus Meissneri) nerv chigallaridir. Ingichka ichak qorinning o’ng yonbosh sohasida yo’gon ichakka ochiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling