Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet89/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Qopqa vena (v. portae). Jigarning qopqa venasi qorin bo’shlig’idagi (jigardan tashqari) hamma toq a’zolar, ya’ni me’da osti bezi, taloq, o’t pufagi, me’daning kardial qismidan boshlab xamma qismi, ingichka ichak, yo’gon ichak va to’g’ri ichak yuqori qismining venalari yig’ilishidan hosil bo’ladi. Demak, yuqorida aytib o’tilgan a’zolardan yig’ilgan qon pastki kovak venaga qo’shilishidan oldin qopqa venasi orqali jigarga kirib, unda organizmdan ortiqcha va zararli hisoblangan moddalardan tozalangani, qopqa vena sistemasiga, ya’ni jigar venasiga o’tadi. So’ngra jigar venasi - (v. hepaticae) nomi bilan jigardan chiqib, pastki kovak venaga quyiladi.
Qopqa venasi pastki kovak venaning oldingi tomonida joylashgan bo’lib, juda ham uzun emas (3 - 5 sm), lekin ko’ndalang kesimi anchagina yo’g’on (10—12 mm) bo’ladi. Qopqa venani hosil qilishda uchta yirik ildiz (vena) qatnashadi: 1) ichak tutqichning yuqorigi venasi (v. mesenteri-sa superior); 2) taloq venasi (v. lienalis) va 3) ichak tutqichning pastki venasi (v. mesenterica inferior). Bu venalar me’da osti bezi boshining orqa qismida bir - biriga qo’shiladi. Qopqa venasi bir oz qiyshaygan holda pastdan yuqoriga va chapdan o’ngga tomon yo’naladi, 12 barmoq ichakning ustki qismi bilan me’da osti bezining orasidan o’tib, qorin pardasidan hosil bo’lgan jigar - 12 barmoq boylamining (lig. hepatoduodenale) orasiga kiradi. Unda jigar arteriyasi (a. hepatica) va umumiy o’t yo’li (ductus choledochus) bilan birga joylashadi. Jigar darvozasiga kelganda qopqa vena ikkita shoxga bo’linib ketadi. Ulardan bittasi jigarning o’ng bo’lagiga, ikkinchisi esa, chap bo’lagiga kiradi. O’ng bo’lagiga kirgan shox (ramus dexter) kalta va yo’gon, chap bo’lagiga kirgan shox (ramus sinister) esa ingichka va uzun bo’ladi.
Qopqa venasining o’ng va chap shoxlari jigar parenximasiga kirgandan so’ng xuddi jigar arteriyasi kabi mayda tarmoqchalarga bo’linadi. Tarmoqchalar borgan sari maydalasha boradi. Bu mayda tarmoqchalar jigar bo’lakchalari o’rtasidan o’tayotib, bo’laklararo venalar (v. v. interlobularis) nomini oladi. Bu mayda venalar qaytadan yiriklashib, markaziy venalar (v. v. centralis) ga o’tadi, markaziy venalar esa yig’uvchi venalarga o’tadi. Yig’uvchi venalar bir - biri bilan qo’shilib, yiriklashadi va pirovardida jigar venalari (v. v. hepatica) ni hosil qiladi. Jigar venalari son jixatidan ko’p (3 - 4) bo’lib (katta va kichik venalar), ular pastki kovak venaga quyadi.
Jigarda yuzaki va chuqur limfa yo’llari tafovut qilinadi. Yuzaki limfa yo’llari jigarning diafragma yuzasidan chiqib, qizilo’ngach va pastki kovak venani diafragmadan o’tadigan teshik atroflarida joylashgan limfa tugunlariga ochiladi. Bunda jigarning chap bo’lagini diafragma sohasidan chiqadigan limfa yo’llari, diafragmaning pastki yuzasida joylashgan me’da kardiya qismi limfa xalqasiga (annulus lymphaticus cardiae) ochiladi. Shuning uchun me’da kardiya qismidagi rak o’sma metastazlari jigarga tezroq tarqaladi. Chuqur limfa yo’llari qon tomir yo’llari bo’ylab yo’nalib, jigar darvozasida joy­lashgan limfa tugunlariga ochiladi.
Bu xolat, ya’ni limfa tugunlarining jigar darvozasidan qon tomir hamda umumiy o’t yo’liga yaqin joylanishi, ularning yallig’lanishida kattalashib, qon tomir va o’t yo’llarini qisib
qo’yishi va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Jigar simpatik, parasimpatik va sezuvchi nervlar bilan innervasiyalanadi. Bu nervlar jigar darvozasidan jigar arteriyasi, qopqa vena va o’t yo’llari bilan birga o’tadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling