Anatomiyadan amaliy
Ko’tariluvchi chambar ichak (colon ascendens)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’ndalang chambar ichak (colon transversum).
Ko’tariluvchi chambar ichak (colon ascendens). Ko’tariluvchi chambar ichak ko’r ichakning davomi hisoblanib, o’ng tomonda qorin bo’shlig’i yonbosh devorining ichki yuzasiga tegib yotadi. U tikka ko’tarilib, o’ng qovurg’a osti sohasigacha yetadi va jigar o’ng bo’lagining pastki yuzasiga tegadi. Undan chap tomonga burilib, ko’ndalang chambar ichak (colon transversum) ga o’tadi. Shu joydagi burilish flexura coli dextra deyiladi. Ko’tariluvchi chambar ichakning uzunligi 18 - 20 sm bo’lib, qorin parda uni oldidan va yon tomonlardan (mezoperitoneal) o’raydi. Qorinparda bilan o’ralmagan orqa qismida siyrak to’qima (pars nuda) bo’ladi. Ichakning orqa tomoni yonbosh mushagi (m. iliacus), belning kvadrat mushagiga, yuqori tomoni o’ng buyrakka va 12 barmoq ichakning tushuvchi qismiga, oldingi tomoni esa - ingichka ichak qovuzloqlari va qorin devoriga tegib turadi.
Ko’ndalang chambar ichak (colon transversum). Ko’tariluvchi chambar ichakning davomi bo’lib, ko’ndalangiga chap tomonga o’tadi va chap burilish (flexura coli sinistra) hosil qilib, quyi tushuvchi chambar ichakka o’tadi. Ko’ndalang chambar ichakning uzunligi 30 - 40 sm bo’lib, yo’g’on ichak qismlarining eng uzuni hisoblanadi. U hamisha ko’ndalang joylashmaydi. U «I» shaklida, o’tkir burchak hosil qiluvchi «U» shaklida, ravoq shaklida va boshqa shakllarda joylashadi. Chap bukilma o’ng bukilmaga qaraganda bir oz yuqori turadi. Ko’ndalang chambar ichakning o’ng yarmi jigarga, o’t pufagiga, me’da osti bezining bosh qismiga va o’ng buyrakning yuqori qismiga tegib turadi. Chap yarmi esa taloqqa, me’da osti bezining dumiga va chap bukilmasi chap buyrakning yuqori qismiga tegib turadi. Ko’ndalang chambar ichakning oldingi yuzasi bilan me’da o’rtasida boylam (lig. gastrocolicum) bor. Yo’g’on ichakning bu qismi qorin parda bilan har tomondan o’ralgan (intraperitoneal) holatda turadi. Uning tutqichi (mesocolon transversum) bo’lganligi tufayli juda harakatchan. Me’da va ichaklarning tulishi yoki bo’sh turishi ko’ndalang chambar ichakning holatiga ta’sir qiladi va uni o’zgartiradi. Qorin devorining orqa yuzasi bilan ko’tariluvchi chambar ichakning orqa yuzasi orasida chambar ichak oldi yog’ to’qimasi bo’lib, bu to’qima yallig’langanda qorin parda orqasi sohasida joylashgan yog’ to’qimalarga o’tishi mumkin. Ko’ndalang chambar ichakning ichak tutqichi ko’ndalangiga joylashib, o’ng tomonda o’ng buyrakni yuqori 1/3 qismidan chapga qarab yo’nalib, o’z yo’lida 12 barmoqli ichakni pastga tushuvchi qismini teng o’rtasidan, me’da osti bezi boshchasi bilan II bel umurtqasini o’rtasidan o’tgach, chap buyrakni teng ikkiga bo’lib o’tadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling