Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kekirdak (trachea).
Hiqildoq (larynx). Hiqildoq nafas yo’lining burun bo’shlig’idan keyingi qismi bo’lib, ovoz paydo qiluvchi apparat vazifasini bajaradi. Shunga ko’ra, hiqildoq ancha murakkab tuzilgan. Hiqildoq IV - VI bo’yin umurtqalari sohasida bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. Ayollarda hiqildoq erkaklarga qaraganda biroz yuqoriroqda, bolalarda esa kattalarga qaraganda yuqoriroq, keksa odamlarga esa o’rta yoshlilarga qaraganda pastroqda joylashgan. U orqa tomondan – halqum, yon tomondan esa – bo’yindan o’tuvchi qon tomirlar va qalqonsimon bez bilan o’ralib turadi. Hiqildoqning oldingi tomonida – teri bilan hiqildoq orasida til osti suyagidan pastdagi mushaklar va ularni o’rab turadigan fastsiyalar joylashgan.
Hiqildoq, yuqori tomonga til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib kekirdakka davom etadi. Odam hiqildog’i uchta juft va uchta toq hiqildoq tog’aylarining boylamlari va mushaklar yordamida bir - biri bilan birikishidan hosil bo’ladi. Hiqildoqni adashgan nerv bilan simpatik nerv innervasiya qiladi. Bunda yuqori hiqildoq nervi ovoz yorig’idan yuqorida joylashgan shilliq qavatni va uzuksimon tog’ayni innervasiya qiladi. pastki hiqildoq nervi esa, hiqildoqning qolgan boshqa mushaklarini hamda tovush mushaklarini va tovush yorig’idan pastda joylashgan shilliq qavtlarni innervasiya qiladi. Limfa suyuqligi hiqildoqdan bo’yinning chuqur joylashgan limfa tugunlariga qarab oqadi. Kekirdak (trachea). Kekirdak hiqildoqning bevosita davomi bo’lib, uzunligi 9 - 11 sm, diametri 15 - 18 mm keladigan naydan iborat, uning boshlang’ich qismi VI - VII bo’yin umurtqalariga to’g’ri keladi. Kekirdak IV - V ko’krak umurtqalarining o’rtasida ikkiga, chap va o’ng bronxlarga bo’linadi. Bo’lingan joyida kekirdak ayrisi (bufircatio trachea) deyiladi. Kekirdakning yuqori qismi (hiqildoqqa tutashgan qismi) hiyla harakatchan bo’lib, pastki qismi, ayniqsa ayri qismi deyarli qimirlamay turadi. Bo’yin sohasida kekirdak to’sh - til osti va to’sh - qalqonsimon mushaklar orasida joylashgan bo’lsa, yuqori qismini (kekirdakning II - IV tog’ay halqalari) qalqonsimon bezning bo’yni yopib turadi. Hiqildoq, shuningdek kekirdak yuqori qismining yon tomonini qalqonsimon bezning o’ng va chap bo’laklari berkitib turadi. Kekirdakning orqa tomanida (biroz chaproqda) qizilo’ngach joylashgan. Kekirdakning chap va o’ng yonlaridan bo’yinning katta qon tomiri va venalari o’tadi. (36-rasm) Kekirdak devori 16-20 ta yarim halqa shaklidagi tog’aylardan (cartilagines trachealis) tuzilib, ular bir - biri bilan fibroz boylam – lig. annularia yordamida tutashgan. Yarim halqalarning orqa ochiq yerlari parda bilan qoplanib, unga parda qismi – pariyes membranaseus deyiladi. Kekirdak qalqonsimon bezning pastki (a. a. throidea inferior), ichki ko’krak (thoracica interna) va ko’krak aortasidan chiquvchi rami. Bronchyalis dan bronxial tarmoqlar oladi. Venalar – kekirdak atrofidagi vena chigallaoiga va qalqonsimon bez venalariga qo’shiladi. Kekirdak limfa tomirlari (nodi lymphatici trachealis et nodi lymphatici tracheobronchialis superioris et inferioris) ga quyiladi. Kekirdakni simpatik (n. syimpathicus) va adashgan (n. vagus) nervlar innervasiya qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling