Anatomiyadan amaliy


Qalqonsimon bez (gl. thyroidea)


Download 0.82 Mb.
bet62/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Qalqonsimon bez (gl. thyroidea). Bu bez kekirdak hamda hiqildoqning oldingi va yon tomonlarida joylashib, ikki bo’lakdan hamda bo’yin qismidan iborat. Unga IV bo’yin fastsiyasining pariyetal varag’idan qobiq hosil qilib,shu fastsiyaning visseral varag’i o’rab turadi. Varaqlar orasida yog’ to’qima bilan qon tomir hamda nerv tolalari joylashadi va bezning orqasida esa – qalqon oldi bezlari (gl. parathyroideus) joylashadi. Ayrim vaqtlarda ular qalqonsimon bezning fastsiya bo’shlig’idan tashqariga joylashib, operasiya paytlarida bexosdan zararlanishi va gipoparatireoz kasalligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, operasiya paytida qalqonsimon bezning orasidan o’tadigan hiqildoqning qaytuvchi nervi va unga juda yaqin yotgan umumiy uyqu arteriyasining ham zararlanish ehtimoli borligini esda tutish kerak. Qalqonsimon bezning bo’yni kekirdakning oldida joylashib, uning II - III halqalarini yopib turadi va fassial qobiq bilan uzuksimon tog’ayga birikkan bo’ladi. Bezning bo’laklari hiqildoq, kekirdak, halqum va qizilo’ngachning yon tomonlariga tegib turadi. Uning orqa yuzasidan umumiy uyqu arteriyasi, ichkari tomonidan – hiqildoqning qaytuvchi nervi o’tadi. Qalqonsimon bezning yuqori uchi – qalqonsimon tog’ayning o’rta qismigacha, pastki uchi – kekirdakning V - VI halqalarigacha yetib boradi. Bezning o’rtacha rivojlanishida uning bo’yni bo’yinturuq chuquridan 1.5 - 2 sm yuqorida turadi.
Qalqonsimon bezni ikki juft arteriya qon bilan ta’minlaydi. Bular yuqori va pastki qalqonsimon arteriyalar bo’lib, birinchisi – bezning yuqori uchiga, ikkinchisi – uning pastki uchiga boradi. Shuni ham aytish kerakki, pastki qalqonsimon arteriya hiqildoqning pastki qaytuvchi nervi bilan kesishadi. Bezga operasiya qilinayotganda bu narsani esda tutish kerak, aks holda arteriyani bog’laganda nerv bilan qo’shib bog’lab qo’yish mumkin.
Halqum (pharynx). Halqum og’iz bo’shlig’ining bevosita davomi hisoblanib, uning shakli orqa yuzasiga qarab yassilanib boruvchi voronkaga o’xshaydi. Halqum atrofini o’rab turadigan mushaklar, suyaklar, tomirlar va h.k halqum devorlari deb ataladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, halqumni beshta devori, chunonchi, yuqori, orqa, oldingi va ikki yon devorlari tafovut qilinadi. Halqum ensa suyagining asosiy qismi va qisman pona suyagining tanasiga qadar ko’tarilgan va shu suyakka birikkani uchun bu joy halqumning yuqoridagi devori hisoblanadi. Ana shu devor halqum gumbazi (fornix pharyngis) deb ham ataladi.
Halqumning ikki yon tomonidan yirik qon tomirlar va nervlar o’tib, uning yon devorlari asosini tashkil qiladi. Uning orqa devorini bo’yin umurtqalari va bo’yinning chuqur joylashgan mushaklari tashkil qiladi.
Halqumning pastki yarmi oldindan hiqildoqqa tegib turadi, ustki yarmi esa – burun bo’shliqlari bilan tutashib turadi. Bularning o’rtasida yumshoq tanglay chodiri va tilcha osilib turganidan ularni halqumning oldingi devori deb ham atash mumkin. Halqumning uzunasiga joylashgan va uzunligi 12 - 15 sm keladigan bo’shlig’i (cavum pharyngis) uni qizilo’ngach bilan birlashtirib turadi. Burun bo’shlig’i orqali o’tgan havo halqumga o’tib, so’ngra hiqildoq orqali o’pkaga boradi.
Halqumning qon bilan ta’minlanishi tashqi uyqu hamda qalqonsimon arteriyalarning tarmoqlari hisobiga boradi. Uni adashgan, simpatik va til-yutqun nervlari tarmoqlaridan hosil bo’lgan yutqun chigallari innervasiya qiladi. Limfa suyuqligi bo’yinning chuqur limfa tugunlariga qarab oqadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling