Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet70/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

O’pkalar (pulmones). O’pkalar ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, juft nafas olish a`zolariga kiradi. Ular kesilgan konusga o’xshab, konusning asosi (basis pulmones) diafragmaga tegib tursa, uchi (apex pulmones) birinchi qovurg’adan 3 - 4 sm yuqorida yoki o’mrov suyagidan 2-3 sm yuqoriroqda turadi. Har bir o’pkada uchtadan yuza: qovurg’a (facies costalis), mediastinal
(facies mediastinalis) va diafragma (facies diaphragmatica) yuzalari tafovut qilinadi. Uning o’mrov ustidan yuqorida turgan qismiga o’pkaning uchi (apex pulmonis) deyiladi.
O’pkaning mediastinal (ko’ks oralig’iga qaragan) yuzasida yurak o’ymasidan bir oz yuqoriroqda unga bronx o’pka arteriyasi kiradigan va o’pka venasi chiqadigan o’pka darvozasi (hilus pulmonis) bor. O’pka darvozasi orqali o’pkaga kiruvchi va opkaga chiquvchi venalar limfa tomirlari hamda nervlari bilan birgalikda o’pka ildizi (radix pulmonis) ni hosil qiladi. O’pka darvozasining ko’krak qafasidagi tashqi tasviri, orqadan V - VIII ko’krak umurtqalariga, oldindan esa - II - IV qovurg’alar oraliqlariga to’g’ri keladi.
O’ng o’pka chuqur ariqchalar (fissura pulmonis) yordamida uch bo’lakka; chap o’pka esa ikki bo’lakka bo’linadi. O’ng o’pkadan o’tgan qiyshiq va ko’ndalang ariqchalar (fissura obligua et horizontalis) uni uch bo’lakka, chunonchi, yuqori (lobus superior),
o’rta (lobus medius) va pastki (lobus inferior) bo’laklarga bo’lib turadi. Chap o’pkadan o’tuvchi va pastga hamda medial tomonga yo’naladigan ariqcha uni ikki bo’lakka, ya`ni yuqori (lobus superior) va pastki (lobus inferior) bo’laklarga bo’lib turadi. O’ng o’pkaning hajmi chapdagiga qaraganda kattaroq bo’lishiga qaramay, bo’yi chap o’pkaga qaraganda qisqaroq bo’ladi. Buning sababi, o’ng o’pkaning tagida jigar joylashgan.
Oxirgi davrlargacha o’ng o’pka uch, chap o’pka ikki bo’lakka bo’lib o’rganilardi. Bunda, chap o’pkani ikkiga bo’ladigan egatning tashqi tasviri III – ko’krak umurtqasining o’tkir o’sig’idan, VI - qovurg’aning suyak qismini, tog’ay qismiga o’tadigan joyigacha o’tkaziladigan chiziqqa to’g’ri keladi. O’pkaning shu chiziqdan yuqorida joylashgan qismi, uning yuqori bo’lagiga, pastda joylashgan qismi - pastki bo’lagiga to’g’ri keladi. O’ng o’pkaning qiyshiq egati, chap o’pkanikidek o’tadi. Bu chiziqni o’rta qo’ltiq osti chuqurchasi chizig’i bilan kesishgan joyidan ikkinchi egat boshlanib, deyarli gorizontal yo’nalishda IV qovurg’a tog’ayining to’sh suyagiga birikadigan joyigacha boradi. Natijada, bu ikkita egat o’ng o’pkani uchta bo’lakka bo’ladi. Ammo o’pka xirurgiyasining rivojlanishi bu tashqi bo’linish belgilarini amaliy jihatdan yetarli emasligini isbotladi. B. E. Linberg bilan V. P. Bodulinning klinik-anatomik kuzatishlari shuni ko’rsatdiki, o’ng o’pka ham, chap o’pka ham to’rtta muzofotga (zonaga): yuqori, pastki, oldingi va orqa muzofotlarga bo’linar ekan.
O’pka muzofotlarining bunday bo’linishi, Linberg va Bodulin bo’yicha skletotopik ko’rinishi quyidagicha o’tkaziladi. Bunda ko’krak qafasida ikkita bir-biri bilan kesishadigan chiziqlar o’tkaziladi. Bularning bittasi, III ko’krak umurtqasining orqa o’sig’idan, VI – qovurg’a tog’ayining boshlanish qismigacha, ikkinchisi - IV qovurg’aning to’shga birikadigan joyidan, VII – ko’krak umurtqasining orqa o’sig’igacha o’tkaziladi.
O’pkaning har bir muzofotiga ikkinchi tartibli bronxlar boradi. Bu bronxlar 4 tadan bo’lib, bosh bronxning bo’linishidan hosil bo’ladi. Ammo, bosh bronxlarning ikkinchi tartibli bronxlarga bo’linishi, ikkala tomonda ham bir xil bo’lmaydi. Ikkinchi tartibli bronxlar o’z navbatida segmentli bronxlarga, ularning har qaysisi esa o’z navbatida bronx - o’pka segmentlariga bo’linadi. Shunday qilib, segmentlarga boradigan bronxlar uchinchi tartibli bronxlar deyiladi. Segmentlarning asosi o’pka ildiziga, uchi - tashqariga qaragan

piramidalarni eslatadi va har bir o’pkada 10 tadan segment bo’ladi. Bularni o’pka bo’laklariga bo’ladigan bo’lsak yuqorigi bo’lakda 3 ta,


o’rtadagida hamda chap o’pkaning til qismida - 2 ta, pastkida (yuqorigi va 4 bazalli) - 5 ta segment to’g’ri keladi. O’pkalarning pastki bo’laklarida ayrim hollarda qo’shimcha segmentlar ham uchrashi mumkin.
O’pkalarning segmentlarga bo’linishi klinik jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, patologik holatlarning (shishlar, absesslar va h. k.) joylashgan joyini aniq belgilash imkonini beradi. Segmentlar o’z navbatida subsegmentlarga bo’linadi. Asosan har bir segmentda ikkitadan subsegment bo’lib, ular 4 va 5 tartibli bronxlardan hosil bo’ladi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling