Anatomiyadan amaliy


KO’KRAK QAFASINING A`ZOLARI


Download 0.82 Mb.
bet69/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

KO’KRAK QAFASINING A`ZOLARI


Plevra (pleura). Ko’krak qafasida uchta mustaqil seroz bo’shliq chunonchi, ikki yon tomonda o’pka xalta va o’rtada yurakni o’rab turuvchi seroz xaltalari bor. O’pkalarni qoplagan seroz pardaga plevra (pleura), yurakni o’ragan seroz pardaga perikard deyiladi. Vistseral plevra ikki varaqli: ichki varaq (pleura visceralis) va tashqi varaq parietal varaq (pleura parietalis) dan iborat. Vistseral plevra
o’pka ustidan bevosita o’rab turuvchi va o’pka to’qimasiga yopishib ketgan ichki varaq seroz parda bo’lib, uni o’pka to’qimalariga shikast yetkazmay shilib olish mumkin emas. Bu plevra o’pkani bo’laklarga ajratib yotgan yoriq-ariqlar ichiga ham kirib ketgan. O’pkaning o’tkir qirralarida (masalan, oldingi va pastki qirrasida) plevraning so’rg’ichsimon o’simtalari (villi pleuralis) bor. O’pkaning ustidan har taraflama o’rab olgan vistseral plevra o’pka darvozalariga kelganda bevosita parietal (ya`ni, ko’krak qafasining ichki tomonini qoplovchi) plevraga o’tib ketadi. O’pka ildizining pastki yuzasida vistseral plevra parietal plevraga o’tar ekan, plevraning qo’sh qavatli boylami (lig. pulmonale) ni hosil qiladi. Parietal va vistseral plevralar orasida plevral bo’shliq bo’lib, unda ma`lum miqdorda suyuqlik bo’ladi. Bu suyuqlik plevralarning bir-biriga qaragan yuzalarini ho’llab, nafas olish va chiqarishda ishqalanishni kamaytirib turadi. Parietal plevra bilan vistseral plevralar orasidagi bo’shliq plevra bo’shlig’i (cavitas pleuralis) deyiladi. Plevra bo’shlig’ida manfiy bosim bo’lganligidan ko’krak qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo’shlig’iga havo kirib, o’pkani qisib qo’yadi. Natijada nafas olish qiyinlashadi.
Parietal plevraning o’zi uzluksiz davom etgan seroz parda bo’lib, uning ko’krak qafasini yopib turgan joyiga qarab qovurg’a, diafragma va ko’ks oralig’i (pars costalis, pars diaphragmatica, et pars mediastinalis) degan qismlari tafovut qilinadi. Qovurg’a qismi parietal plevraning eng ko’p qismini tashkil qiladi. O’pkalarning uchlari sohasida plevra, plevra gumbazi (capula pleura) ni hosil qiladi. Plevra gumbazi birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqorida o’tadi. Plevraning diafragma qismi qorin ko’krak to’sig’i - diafragmaning ustki yuzasini (yurak joylashgan yeridan tashqari qismlarini) qoplaydi. U ko’ks oralig’ining oldingi (to’sh suyagining orqa yuzasi) va orqa devorini (umurtqa ustunini) ham o’rab o’tadi.
Plevra qovurg’a qismining mediastinal qismiga o’tish paytida uning burmalari hosil bo’ladi. Bu burmalar parietal plevraning oldingi va orqa chegaralarini hosil qiladi. Uning pastki chegarasi plevraning qovurg’a qismini, diafragma qismiga o’tgan joyiga to’g’ri keladi. Oldingi chegarasi ikkala tomondan ham to’sh - o’mrov birlashmasining orqasidan o’tib, u yerdan pastga yo’naladi va II qovurg’a ro’parasida hamda to’sh suyagi dastasining orqasida bir-biriga juda yaqinlashadi. Shu joyda ikkala parietal plevra varaqlarining orasida uchburchaksimon joy (area interpleuralis

superior s. area thymica) hosil bo’ladi. Bu joy yog’ to’qima hamda ayrisimon bezning qoldiqlari bilan to’lib turadi.


Chap plevraning oldingi chegarasi II – qovurg’adan pastga, IV - qovurg’aning tog’ayigacha tushib, tashqi tomonga qarab yo’nalganicha, V - qovurg’aning tog’ayi o’rtasidan kesib o’tadi va to’sh oldi chizig’ida VI - qovurg’agacha tushadi. U yerdan esa plevraning pastki chegarasi boshlanadi.
O’ng plevraning oldingi chegarasi esa VI - qovurg’a tog’ayining to’sh suyagiga birikkan joyigacha tik (vertikal) holatda tushib, u yerdan pastki chegaraga o’tadi. Shunday qilib, to’sh suyagining orqasida, ikkala plevraning orasida IV - qovurg’adan pastda, plevradan xoli bo’lgan joy (area interpleuralis inferior, s. area pericardiaca) hosil bo’lib, unda yurak perikardi bilan joylashadi.
Plevraning pastki chegarasi o’ng va chap tomondan bir xilda quyidagicha o’tadi: o’rta o’mrov chizig’i bo’yicha- VII, qo’ltiq osti o’rta chizig’i bo’yicha.- X, kurak chizig’i bo’yicha - XI, umurtqa yoni chizig’i bo’yicha - XII qovurg’alar. Plevra bo’shliqlarining orqa chegarasi umurtqa pog’onasi bilan qovurg’a boshchalari bo’g’imlari bo’yicha o’tkazilgan chiziqqa mos keladi.
Yuqorida aytganimizdek, plevra gumbazi I qovurg’adan yuqorida bo’ladi. U orqa tomondan VII – bo’yin umurtqasining orqa o’sig’i ro’parasiga to’g’ri keladi. Plevra gumbazi o’pka uchiga va o’mrov osti arteriyasiga tegib turadi. Orqadan esa I qovurg’aning boshchasiga va bo’yinning uzun mushaklariga, oldindan - narvon mushaklariga, umurtqa arteriyalari va venalariga hamda yelka chigaliga, ichkaridan - yelka-bosh stvoliga (o’ngdan) va umumiy uyqu arteriyasiga (chapdan) ham tegib turadi. Shuning uchun ham bo’yinning pastki qismlari jarohatlanganda shu a`zolarning ham jarohatlanish ehtimoli bor.
Parietal plevra varag’ining bir qismidan ikkinchi qismiga o’tadigan joylarida uning bo’shliqlari (sinus pleuralis) hosil bo’ladi. Uning quyidagi bo’shliqlari tafovut qilinadi: o’ng va chap qovurg’a-diafragma bo’shlig’i (sinus costodiaphragmatici), qovurga - mediastinal bo’shlig’i (sinus costomediastinales), oldingi va orqa hamda o’ng va chap diafragma - mediastinal bo’shliqlari (sinus phrenicomediastinales). Bularning ichida eng katta va chuqur hamda klinik jihatdan amaliy ahamiyatga ega bo’lgani qovurg’a - diafragma bo’shlig’idir. U plevra qovurg’a qismining diafragma qismiga o’tishidan hosil bo’lib, pastki chegarasi (tubi) o’rta qo’ltiq osti chizig’i bo’ylab, IX - X qovurg’alar ro’parasiga to’g’ri keladi.
Uning chuqurligi 5 - 8 sm cha bo’lib, o’pka har qancha havo bilan to’lsa ham bu chuqurni to’ldira olmaydi. Shunday bo’lsa ham, ko’krak qafasining IX - X - XI qovurg’alar ro’parasidagi teshib o’tuvchi jarohatlarida plevra, o’pka, qorin parda orqasi va qorin bo’shlig’i a`zolarning aralash jarohatlari uchrashi mumkin.
Plevraning qolgan bo’shliqlari unchalik chuqur bo’lmasdan, ularni o’pka to’qimasi to’ldirib turadi. Ammo, oldingi chap qovurg’a-mediastinal bo’shlig’i bundan mustasnodir. Chunki unda chap o’pkaning oldingi sohasida, chap plevraning ancha tashqariga qiyshayishi natijasida, o’pka bilan parietal plevra orasida o’pka bilan to’lmay qolgan joy qoladi. O’pka har qancha nafasga to’lsa hаm bu joyni to’ldira olmaydi. Parietal plevrani qovurg’alararo va diafragma hamda perikard-diafragma arteriyalari qon bilan ta`minlaydi. Plevraning vistseral varag’i, o’pkani qon bilan ta`minlaydigan arteriyalardan qon oladi. Vena qoni, toq hamda yarim toq venalarga quyiladi. Limfa suyuqligi – ko’krak devori hamda o’pka limfa yo’llariga ochiladi. Uning innervatsiyasida qovurg’alararo, diafragma, adashgan va simpatik nervlar qatnashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling