Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet71/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

O’pka-bronx segmentlari


O’ng o’pka Chap o’pka
Yuqori bo’lak Yuqori bo’lak
1.Yuqori(uchi) 1. Yuqori (uchi)
2.Orqa 2. Yuqori (uchi)
3.Oldingi 3. Oldingi
O’rta bo’lak 4. Yuqori tilli
4.Lateral 5. Pastki tilli
5.Medial Pastki bo’lak
Pastki bo’lak 6.Yuqori (uchi)
6.Yuqori(uchi) 7. Medial yurak bazali
7.Medial bazal 8. Oldingi bazal
8.Oldingi bazal 9. Lateral bazal
9.Lateral bazal 10. Orqa bazal
10.Orqa bazal

O’pkalar sintopiyasiga qaraydigan bo’lsak, ular ko’krak qafasidagi boshqa a`zolarda parietal va vistseral plevralar bilan, yurakdan esa perikard bilan ajralib turadi.


O’ng o’pkaning mediastinal yuzasi, o’zining darvozasi old yuzasi bilan yurakning o’ng qorinchasiga, undan uqorida - yuqori kovak venaga tegib turadi. Yurak bo’lmasiga yaqin joyda o’pka o’ng o’mrov osti arteriyasiga tegib turadi. O’pka darvozasining orqasida o’zining mediastinal yuzasi bilan u qizilo’ngachga, toq venaga va ko’krak umurtqalariga tegib turadi.
Chap o’pkaning mediastinal yuzasi o’zining darvozasi old yuzasi bilan yurakning chap qorinchasiga, undan yuqorida aorta
yoyiga tegib turadi. Yurak bo’lmasiga yaqin joyda bu o’pka chap o’mrov osti va chap umumiy uyqu arteriyasiga tegib turadi. Darvozasining orqasidan ko’krak aortasi o’tadi.
O’pka ildizi (radix pulmonis). O’pka ildizini hosil qiluvchi elementlarni o’zaro topografo-anatomik munosabatlarini ularning yuqori - past hamda oldingi - orqa holatda turgan ko’rinishlarida qarab chiqsak oson bo’ladi. Ildizning yuqori qismini ikkala tomonlarda ham bronxlar, o’pka arteriyalari va limfa tugunlari, pastdan – o’pka venalari egallaydi. Faqat bu yerda o’ng o’pka ildizidan ancha yuqoriroqda bosh bronx yotsa, arteriya undan pastda va bir oz oldinda yotadi. Chap o’pkaning darvozasida esa bu o’zgarishlar aksincha bo’ladi, ya`ni yuqori holatni o’pka arteriyasi egallab, bosh bronx undan pastda va bir oz orqada o’tadi.
O’pka ildizi elementlarining o’zaro munosabatini oldingi-orqa yo’nalishida qarab chiqsak, bunda o’pka venalari oldinda, bronxlar - orqada joylashadi. O’pkaning qon bilan ta`minlanishi o’pka va bronx arteriyalari hisobiga boradi. Bunda o’pka arteriyasi asosan gaz almashish hamda o’pka al'veolalarini oziklantirish vazifasini olib borsa, bronx arteriyalari - bronx daraxtini va o’pka asosini qon bilan ta`minlaydi.
Bronxlarning arteriyalari (aa. bronchialls) 2 tadan 6 tagacha bo’lib, pastga tushuvchi aortadan chiqadi va bronxlar bo’ylab tarqalib, bronxiolalargacha boradi. O’pka arteriyalari bilan bronx arteriyalari o’zaro anastomoz hosil qiladi. O’pkadan chiqadigan vena qoni, o’pka va bronx venalari orqali chiqib, o’pka ildiziga yaqin joyda o’zaro birikib umumiy stvol hosil qiladi va o’ng tomondagisi toq venaga, chap tomondagisi – qovurg’alararo venalarning birontasiga quyadi.
O’pkalar II - IV bo’yin va I - V ko’krak tugunlaridan chiquvchi simpatik tolalar bilan innervatsiya qilinadi. Simpatik stvol hamda adashgan nerv stvollaridan oldingi va orqa o’pka chigallari hosil bo’lib, ular ham o’z navbatida yurak hamda qizilo’ngach chigallari bilan aloqada bo’ladi. Oldingi va orqa o’pka chigallari o’pkaning sezuvchan refleks muzofotini tashkil qiladi. Ulardan chiqqan tarmoqlar bronxlar hamda qon tomirlar bo’ylab o’pka to’qimasiga boradi.
O’pka limfa yo’llari bir-biri bilan aloqa qiladigan yuzaki va chuqur limfa yo’llaridan tashkil topadi. Yuzaki limfa yo’llaridan limfa suyuqligi vistseral plevra ostida joylashgan limfa yo’llari orqali, bronx hamda qon tomirlar atrofida joylashgan chuqur limfa tugunlariga oqadi. Bu yo’llar bronxlar limfa yo’llari bilan aloqada bo’lgan, olib chiqib ketuvchi limfa yo’llaridan (nodi lymphatici bronchialis) boshlanadi. Keyinchalik ular kekirdakning bifurkatsiyasi oldida kekirdak-bronx limfa yo’llari (nodi lymphatici tracheobronchiales) ga va kekirdak yonlari limfa yo’llari (nodi lymphatici paratracheales) ga o’tadi. Bu joylardan yig’ilgan limfa suyuqliklari limfa tomirlari orqali asosan o’ng limfa yo’liga (ductus lymphaticus dexter) ochiladi. Binobarin, bu yerga o’ng va qisman chap o’pkadan ham limfa quyiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling