Anatomiyadan amaliy
Aorta yoyi (arcus aortae)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’pka arteriyasi stvoli (truncus pulmonalis).
- Diafragma nervlari (n.n. phrenici dexter et sinister).
Aorta yoyi (arcus aortae). Aorta yoyi yuqoriga ko’tariluvchi aortaning davomi bo’lib, o’ngdan chapga va oldindan orqaga qarab qiyshiq yo’naladi va IV – ko’krak umurtqasi ro’parasida chap bronxning ustidan kesib o’tadi, so’ngra umurtqa pog’onasining oldingi yuzasiga yetgach, pastga tushuvchi aortaga aylanadi. Aorta yoyining boshlang’ich va oxirgi qismlari qovurg’a-mediastinal plevra sinusi bilan qoplanib yotadi. O’rta qismi plevra bilan yopilmay, ayrisimon bez hamda limfa tugunlariga boy yog’ to’qima bilan yopilib turadi. Aorta yoyining orqasida ko’krak kekirdak qizilo’ngach, limfa yo’llari va chap qaytuvchi nervlar joylashadi. Uning ostidan o’ng o’pka arteriyasi o’tadi. Old va chap tomondan aorta yoyini chap adashgan nervi kesib o’tadi. Bu yerda undan qaytuvchi nerv chiqib, u aorta yoyini pastdan va orqadan aylanib, yuqoriga ko’tariladi.
Aorta yoyining ustungi yuzasidan (chapdan o’ngga) yelka - bosh stvoli (truncus brachiocephalicus), chap umumiy uyqu arteriyasi (a. carotis communis sinistra) va chap o’mrov osti arteriyasi (a. subclavia sinistra) chiqadi. 5 - 10 foiz hollarda aorta yoyi o’zidan yana bitta arteriyani - qalqonsimon bezning toq arteriyasi (a. thyroidea ima) ni beradi. Bu arteriya tikka yuqoriga ko’tarilib, qalqonsimon bezning bo’yin qismiga boradi. O’pka arteriyasi stvoli (truncus pulmonalis). O’pka arteriyasi stvoli III - qovurg’a tog’ayining to’sh suyagigа birikish ro’parasida, yurakning o’ng qorinchasidan chiqadi. U yuqoriga ko’tariluvchi aortaning chap yonidan o’tib, aorta bilan birga perikardning vistseral varag’i bilan o’ralgan bo’ladi. II qovurg’a tog’ayi ro’parasida o’pka arteriya stvoli aorta yoyining tagida o’ng va chap o’pka arteriyalariga (a. pulmonalis dextra et sinistra) bo’linadi. Uning ikkiga bo’lingan joyiga yoki chap o’pka arteriyasi bilan aorta yoyi pastki sohasi orasida arteriya boylami (lig. arteriosum) bo’lib, u obliteratsiyaga uchragan arteriya (botallov) yo’lidir. Diafragma nervlari (n.n. phrenici dexter et sinister). Bu nervlar C3 – C4 yoki C4- C5 umurtqalardan chiquvchi bo’yin chigallaridan hosil bo’lib, oldingi ko’ks oralig’iga o’mrov osti arteriya va venalari orasidan, adashgan nervlarning tashqi tomoni bo’ylab kirib keladi. Ko’krakning yuqori uchligida o’ng diafragma nervi yuqori kovak vena bilan o’ng mediastinal plevra orasida o’tadi, chapi bo’lsa - aorta yoyining oldidan kesib o’tib, adashgan nervning tashqi sohasida yotadi. Ko’krak qafasining o’rta hamda pastki uchliklarida ikkala diafragma nervlari ham o’ng va chap o’pka ildizlarining oldidan o’tib, perikard-diafragma arteriya (a. peri - cardiaca phrenice) si kuzatuvida mediastinal plevra bilan perikard orasidan o’tib, diafragmaga boradi. O’ng diafragma nervi diafragmaning o’ng tomondagi pay teshigidan (pastki kovak venaning o’ng tomonidan) o’tib, uning pastki yuzasida, chapi esa - ustki yuzasida tarmoqlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling