Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrisimon bez (gl. thymus).
Ko’ks oralig’i (mediastinum). Ikki yon tomondan o’pkalarning mediastinal yuzalari, orqa tomondan - umurtqa pog’onasining ko’krak qismi, oldingi tomondan – to’sh suyagining orqa yuzasi, ostki tomondan diafragma bilan chegaralangan bo’shliq – ko’ks oralig’i (mediastinum) deyiladi. Ko’ks oralig’ining devorlariga kelsak uni ikki yon tomondan - pleura mediastinalis, orqa tomondan - umurtqa pog’onasining ko’krak qismi va qovurg’alarning umurtqaga birikkan uchlari, oldingi tomondan – to’sh suyagi, pastki tomondan - diafragma va yuqori tomondan – ko’krak qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi.
Ko’ks oralig’i oldingi va orqa qismlarga bo’linadi. Har ikki qismini ajratib turuvchi chegara, kekirdak va bronxlar hisoblanadi. Kekirdakdan oldinda joylashgan a`zolar oldingi ko’ks oralig’i a`zolari deb hisoblansa, kekirdakdan orqada joylashgan a`zolarga - orqa ko’ks oralig’i a`zolari deyiladi. Oldingi ko’ks oralig’i a`zolariga quyidagi a`zolar kiradi: 1) yurak va yurak xaltasi (cor et pericardium); 2) ayrisimon bez (thymus); 3) aorta ravog’i (arcus aortae); 4) o’pka stvoli (truncus pulmonalis); 5) to’siq (diafragma) nervlari (n. phrenicus). Orqa ko’ks oralig’i a`zolariga quyidagilar kiradi: 1) qizilo’ngach (esophagus); 2) ko’krak aortasi (aorta thoracica); 3) yarim toq vena (v. hemiazygos); 4) toq vena (v. azygos); 5) adashgan nervlar (n. vagus); 6) ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus); 7) simpatik nerv stvoli (truncus sympaticus). Endi oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan a`zolarning topografik anatomiyasi bilan tanishib chiqamiz. Ayrisimon bez (gl. thymus). Bez ikki bo’lakdan iboratdir. U asosan bolalik davrda ishlab, kishi 25 yoshга yetgandan keyin qayta taraqqiyotga uchraydi va bujmayib yog’ to’qimaga aylanadi. Ayrisimon bez oldingi ko’ks oralig’ining yuqori sohasida, plevralararo bo’shliqda joylashadi. Yosh bolalarda qalqonsimon bezning bo’ynigacha ko’tarilib, bo’yinning previstseral bo’shlig’ida yotadi. Kattalarda bezning bo’yin qismi bo’lmaydi. Bez o’zining oldingi yuzasi bilan to’sh suyagiga tegib turadi, uning orqasida yuqori kovak va yelka - bosh venalari, aorta yoyi va uning tarmoqlari bilan, pastda - perikard joylashadi. Ayrisimon bez ko’krak qafasining ichki, o’ng va chap, pastki qalqonsimon bez va yelka-bosh arteriyalaridan qon bilan ta`minlanadi. Bezning venalari o’ng va chap ko’krak qafasining ichki, pastki, qalqonsimon bez hamda chap yelka - bosh venalariga ochiladi. Bezning limfa suyuqligi to’sh suyagining orqasida joylashgan limfa tugunlariga quyiladi. U adashgan hamda simpatik nervlari bilan innervatsiya qilinadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling