Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet63/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Qizilo’ngach (ezophagus). Qizilo’ngach halqumning bevosita davomi bo’lib, me’daga ochiladi. Uning uzunligi katta kishilarda 23 - 25 sm ga yetadi. Qizilo’ngachning bo’yin qismi (pars cervicalis) 4 - 5 sm uzunlikda bo’lib, kekirdak bilan umurtqa pog’onasi orasida joylashadi va VI bo’yin umurtqasidan ikkinchi bo’yin umurtqasigacha davom etadi. Uning bo’yin qismi umurtqa pog’onasining biroz chaprog’ida o’tib, u bilan kekirdak orasida qizilo’ngach-kekirdak oralig’i (sulcus tracheoesophagus) bo’ladi. Odatda bu bo’shliqda hiqildoqning chap qaytuvchi nervi yotadi. O’ng qaytuvchi nervi esa qizilo’ngachning o’ng devori bo’ylab ko’tariladi. Qizilo’ngachning ikki yon sohasidan o’ng va chap adashgan nervlar o’tadi. Bunday topografo-anatomik o’zgarishlarni bo’yinda o’tkaziladigan operasiyalarda esda tutmoq kerak.
Qizilo’ngachni yon tomonlaridan qalqonsimon bezning pastki qutblari yopib turadi. Uning orasida IV bo’yin fastsiyasining orqa yog’ to’qima bo’shlig’i joylashadi.
Qizilo’ngachni qalqonsimon bezning pastki arteriyasi qon bilan ta’minlaydi. Uning innervasiyasi qaytuvchi nerv tarmoqlari hisobiga boradi.
Bo’yinning tashqi uchburchagi (trigonum colli lateralis). Soha oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqa qirrasi bilan, orqadan – trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi bilan va pastdan – o’mrov suyagi bilan chegaralanadi. Terisi yupqa, harakatchan bo’lib, uning ostida bo’yinning I fastsiyasi joylashadi. Sohaning pastki yuzasidan teri osti mushagi o’tadi. I - II fastsiyalar orasida sohaning pastki qismlarida hamda to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning orqa tomonida tashqi bo’yinturuq venasi bilan bo’yin chigalining teri tarmoqlari, o’mrov usti nervlari o’tadi. to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi o’rta qismining orqa sohasida, bo’yin chigalining boshqa tarmoqlari ham (ensaning kichik nervi, quloqning katta nervi,bo’yinning teri nervi va h. k.) uchraydi.
Bo’yinning II fastsiyasi bu sohada bir varaqdan iborat bo’lib o’tadi, III fastsiyasi esa faqat uning pastki – oldingi sohasida bo’lib, trigonum omoclaviculare ni yopib turadi. Trigonum omotrapezoideum sohasida esa aksincha, bo’yinning III fastsiyasi bo’lmay, bu yerda II fastsiyasidan so’ng narvon, kurakning ko’taruvchi va boshqa mushaklarni yopib turuvchi V fastsiya keladi. Bu yerda II va V fastsiyalar orasida yog’ to’qima bo’shlig’i bo’lib, u yerdan g’o’shimcha (n. accessorius) nervi hamda uning atrofida limfa tugunlari joylashadi.
Bo’yinning III fastsiyasining orqasidagi sohada (trigonum omoclavicularis) yaxshi rivojlangan qalin yog’ to’qima joylashadi. Uning ichidan esa limfa tugunlari joy oladi. Yog’ to’qimasining ostida bo’yin V fastsiyasi yotadi. Uning ostida yog’ to’qima, oldingi, o’rta va orqa narvon mushaklari (mm. scaleni anterior, medius yet posterior) bilan kurakni ko’taruvchi mushak. (m. levator scapule) joylashib, trigonum omoclavicularis sohasida o’mrov osti venasi, arteriyasi va yelka chigalidan tashkil topgan qon tomir va nerv tutamlari o’tadi.
Bo’yin yon uchburchagining bu sohasida to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon hamda oldinigi va o’rta narvon mushaklar orasida narvonlar aro oldingi va oraliq bo’shliqlari (spatium ante et interscalenum) hosil bo’lib, bularning birinchisini topografiyasini biz to’sh - o’mrov -so’rg’ichsimon sohasi topografiyasida batafsil keltirganmiz (oldingi betlarga qaralsin). Ikkinchisi, ya’ni narvonlararo oraliq bo’shliq bo’lsa, oldingi va o’rta narvon mushaklari orasida hosil bo’ladi. Mushaklarning har xil yo’nalishi tufayli u pastga qarab kengaygan uchburchak shaklida bo’ladi. Bunda oldingi narvon mushak I qovurg’aning tuberculum m.scaleni anterioris qismiga, o’rta narvon – undan ozgina tashqari va orqa qismiga birikadi. Mushaklarning bunday birikishi sababli ham narvonlararo oraliq bo’shliq yuqoridan pastga qarab kengaygan shaklda bo’ladi.
Bo’yinning yon uchburchagida o’mrov osti arteriyasi yelka chigalidan oldinda, pastda va ichkarida joylashadi. Narvonlararo oraliq bo’shliqda esa, uning o’rta qismida yotib, bu yerda u o’zidan a. cervicalis profunda va a. intercostalis suprema larga bo’linuvchi truncus costacervicalis tarmog’ini beradi. Unda bo’yinning chuqur arteriyasi VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasi bilan I qovurg’a oralig’iga yo’nalib, u yerdan bo’yinning orqa sohasiga o’tib ketadi. Qovurg’alar aro yuqori arteriya bo’lsa, I - II qovurg’alar boshchalari oldidan orqa va pastga qarab o’tib, o’zidan I va II qovurg’alar aro arteriyasini beradi.
O’mrov osti arteriyasining oxirgi – tashqi qismi oldingi narvon mushakning tashqi qismida yotib, I qovurg’adan o’tgach pastga va tashqariga qarab yo’naladi. U yerdan o’mrov suyagining o’rta qismida qo’ltiq osti chuqurchasiga o’tib ketadi. Bu yerda u o’zidan orqaning hamda bo’yinning orqa sohasidagi mushaklarga boruvchi a. transverza colli tarmoqlarini beradi.
O’mrov osti venasi I qovurg’a usti orqali o’tib, o’mrov suyagi bilan oldingi narvon mushaklari orasida yotadi. Bunda u arteriyaga nisbatan uning oldida va pastida joylashadi so’ngra o’mrovning orqasi bo’ylab narvon oldi bo’shlig’iga o’tadi. Bu yerda arteriya bilan venani oldingi narvon mushagi ajratib turadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling