Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundaki, hozirgi kunda texnika texnologiyaning doimiy rivojlanishi, tabiatda sodir bo’layotgan turli xil tabiiy ofatlarning soni keskin oshishi, iste’molchilarning ehtiyojlari o’sishi va bir qator omillar natijasida har qanday korxona va tashkilotlar turli xil xavf-xatarlarga duch kelishmoqda. Buning natijasida ayrim korxonalar qisman, ayrimlari yuqori darajadagi yo’qotishlarga va ayrimlari hatto bankrotlik holatlariga tushib qolmoqda. Misol tariqasida 2020-yilgi butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan COVID-19 kasalligi natijasida ko’plab yirik kompaniyalar inqirozga yuz tutdi. Bunday xavf-xatarlar soni ortib borayotgan bir zamonda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar darajasini pasaytirishda har bir korxona o’z faoliyatining ichki va tashqi ta’sir qiluvchi omillarga moslasha olishi, tashqi muhit o’zgarishlariga ichki muhitni moslashtira olishi talab etiladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tavakkalchilikni keltirib chiqaradi.
Kurs ishi ob’ekti sifatida “Uz-TongHong KO” q/k si tanlandi.
Kurs ishi maqsadi. “Uz-TongHong KO ” q/k si misolida tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillari bo’yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash va amaliyot bilan bog’lagan holda o’rganishdir.
Kurs ishi vazifalari.
1.Tashkilotning tashqi muhitining xususiyatlari va tuzilishi, xavflarning kelib chiqish sabablarini o’rganish;
2.Tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillarini o’rganish;
3.“UzTongHong KO” q/k si misolida tavakkalchilik darajasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi xavf omillarini tahlil qilish.
Tashkilotning tashqi muhitining xususiyatlari va tuzilishi, xavflarning kelib chiqish sabablari.
Xavf xususiyatlari: kelib chiqishi va mohiyati.
Har qanday korxona o'zining ishlab chiqarish, tijorat va boshqa faoliyati bilan bog'liq xavflarni o'z zimmasiga oladi, har qanday tadbirkor qabul qilingan boshqaruv qarorlarining oqibatlari uchun javobgardir. Xavf omili moliyaviy va moddiy resurslarni tejashga, yangi loyihalar, tijorat operatsiyalari va boshqalar samaradorligini hisoblashga alohida e'tibor berishga majbur qiladi. boshqaruv faoliyatidagi xavf omili, ayniqsa, inflyatsion jarayonlar, o'ta uzoq muddatli kreditlar va boshqalar bilan birga iqtisodiyotning beqaror holati davrida ortadi.
Har qanday korxonaning maqsadi raqobat sharoitida minimal kapital xarajatlari bilan maksimal daromad olishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish ushbu faoliyatning moliyaviy natijalari bilan ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga investitsiya qilingan (avans qilingan) kapital miqdorini o'lchashni talab qiladi.
Xavf-bu rejalashtirilgan tadbir (boshqaruv qarori) amalga oshmasa, shuningdek boshqaruv qarorlarini qabul qilishda noto'g'ri hisob-kitoblar yoki xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, korxona zarar ko'rishi yoki yo'qotish ehtimoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |