Андижон ҳайвонот боғИ


ORGANIZIM ASOSI – SALOMATLIK SARPOSI


Download 1.14 Mb.
bet43/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ORGANIZIM ASOSI – SALOMATLIK SARPOSI


G.Ismoilova
Andijon Davlat Universitet
Inson… tabiat… salomatlik…
Bu so’zlar zamirida xali biz o’rganib bo’lmagan sir-u sinoatlar, jumboqlar bisyor. Inson yaralibdiki uning hayotida ro’y beradigan barcha jarayonlar tabiat bilan bog’liq holda amalga oshadi. Barchamizga malumki, tabiat doimiy o’zgarishlar qamrovida. Bu esa, inson organizmi salomatligiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shunday ekan, keling, inson salomatligi haqida so’z yuritishdan oldin, inson organizmi tuzilishi haqidagi bilim- ko’nikmalarga bir oz to’xtalsak.
Inson organizmi butun bir sistemalar yig’indisidan iborat bo’lib, bu sistemalar asosini organlar tashkil etadi. Organlar – to’qimalardan, to’qimalar – hujayralardan, hujayralar ham o’z navbatida molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar Mendeleyev jadvalidagi elementlarni asosini tashkil etadi. Bundan osongina xulosa qilishimiz mumkinki, inson organizmi-tabiatda mavjud bo’lgan juda ko’p kimyoviy elementlar majmuidan iboratdir.
Butun borliq, 118 ta kimyoviy elementlardan iborat bo’lsa, inson organizmida bu elemantlarning 92 tasi mavjudligi fanda malum. Ular inson organizmida malum bir miqdorda uchraydi va har biri o’ziga xos vazifani bajaradi. Har qaysi elementlar miqdorining o’zgarishi: ortishi yoxud kamayishi inson organizmida malum darajada o’zgarishlarni vujudga keltiradi, natijada inson salomatligi izdan chiqib u yoki bu kasallikni paydo qiladi. Xech kimga sir emaski,hozirgi vaqtda tabiatda kechayotgan turli xil tasirlar natijasida barcha insonlar organizmida qaysidir elementning yetishmovchiligi va uning oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi kuzatilmoqda. Inson qachonki o’z organizmini yaxshi bilgandagina, o’zidagi yetishmovchilik va o’zgarishlarni seza oladi. Tabiiyki, bu o’zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi buning natijasida qanday kasallik kelib chiqishi xamda uni oldini olish choralarini bilish barchamiz uchun qiziq. Buni bilish uchun esa,jismimiz qanday elementlardan tuzilganligi, ayni vaqtda organizmda yetishmayotgan element tabiat tuhfasi hisoblangan nematlar va qaysi bir ozuqa maxsuloti tarkibida mujassamligini bilmoq kifoya. Misol uchun, insonning bosh miyasidan 18 ta element topilgan. Bulardan (Mn) marganets – suyak tarkibida , (Cu) mis – jigar, yurak va buyrakda, (Zn) rux – sochlar tarkibida, (Cr) xrom – terida xam uchrashi mumkin. Ularning yetishmasligi, masalan, marganets yetishmasligi bo’yning o’sishi va jinsiy yetilish susayishi,skelet shakllanishining buzilishi, yod tanqisligi endemik buqoq, aqliy o’sish tormozlanishi, ftor yetishmaganda tishlar kariesi, mis yetishmaganda kamqonlik – anemiya kabi bir qator kasalliklar yuzaga keladi.
Insonlar o’zlari uchun zarur elementlarni o’simliklardan, xamda, ozuqa sifatida ishlatiladigan tabiat nematlaridan oladilar. Bunga misol tariqasida keltirish mumkinki, birgina sut tarkibida 23 ta, don maxsulotlari va turli sabzavotlar tarkibida 10 dan ortiq, 100 gr kartoshka tarkibida 30 mg (Fe) temir, 16.5 mg (Cu) mis, 13 mg (B) bor,bundan tashqari oz miqdorda (As) mishyak, (J) yod, (Ni) nikel va (Co) kobalt borligi aniqlangan. shunday ekan salomatlik sarposi hisoblangan moddalarni bir meyorda saqlash uchun kundalik ovqat ratsioni to’g’ri tashkillanishi va uni tabiatning tabiiy nematlari bilan boyitish zarur. Vujudimizda qandaydir noxush holat sezilsa, bilingki, bu organizmda biror kimyoviy elementning kamayib yoki ortib ketganidan dalolat beradi. Buning uchun aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish, to’g’ri ovqatlanish shu bilan bir qatorda tabiat nematlaridan o’z vaqtida oqilona foydalanish va xk. larni e’tiborga olgan xolda , o’z salomatligimizni saqlash borasida olib borilayotgan ishlarning besamara ketmasligi uchun, xar bir inson o’z jismini qanday moddalardan iborat ekanligini bilmog’I foydadan holi emas, albatta.
Ze’ro Salomatlik – inson hayotidagi eng bebaxo nematdir!

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling