Андижон ҳайвонот боғИ
EKOLOGIK HAVFSIZLIK MOHIYATI
Download 1.14 Mb.
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
EKOLOGIK HAVFSIZLIK MOHIYATIA. Qodirov, I.Mo’ydinov, Z. Turdiyev. SH. Abdurashidov Andijon davlat universiteti Hozirgi davrga kelib ekologiya muammosi mahalliy, mintaqaviy va global havfsizlikka tasir etish darajasigacha borib yetdi. Avvalari jamiyat va uning rivojlanishida atrof muxitga ikkalamchi omil deb qarab kelingan bo’lsa, XX-asrning so’ngi yillarida esa ekologik muammolarining dunyo miqyosida siyosiylashuvi sodir bo’lmoqda. Ekologik muammolarning tadqiq etish jarayoni ekologik tanglik holati kelib chiqib, keng miqyosda rivojlanib borayotgani bilan izohlash mumkin. Tabiat taqdim etgan resurslardan polaportish foydalanish, yer sayyorasining tabiiyholatiga nisbatan kata bosim yuzaga kelishi sabab bo’lmoqda. Aholi sonining demografik o’sib borishi kuzatilayotgan bir vaqtda, shunga mutanosib ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish suratlari jadallashib, xayot uchun zarur bo’lgan sharoit esa takomillashib borayotgani yo’q. Sayyoramizning ayrim qismlarida hozirgi kunda ham mavjud qashshoqlik holati, dunyoda yuzaga kelgan ekologik va domografikvaziyatdan chiqishga jiddiy to’siq bo’lmoqda. Shu tariqa insoniyat uchunchi ming yillikda, milli va global havfsizlikka havf solayotgan yangi tahdidlarga ro’baro bo’lmoqda. Xozirgi vaqtda insonning havf xatardan holiligi xar-xil qaltis vaziyatlardan himoyalanganligi hayot darajasining eng muhim mezoni hisoblanadi. Shundan kelib chiqib milliy havfsizlikning alohida ko’rinishiekologik havfsizlikni quyidagicha tariflash mumkin: ekologik havfsizlik odatlari yashaydigan xududdagi tabiiy resurslarning tugatilishi, ifloslantirilishi, ekologikdiversiyalar, va inson tomonidan tasodifan yuzaga keltiradigan havf xatarlardan himoyalanganlik holatidir. Mahalliy xokimyat organlarining ekologik muammolarini tezkorlik bilan, samarali hal eta olmasligi aholining siyosiy tizimga nisbatan munosabatlarini ma’lum darajada o’gartiradi. Ekologik havfsizlikka tozalovchi inshoatlarning holati, tabiatni muhofaza qilish tizimining rivojlanganligi, aholining ekologik madaniyati va shu kabi ichki-siyosiy omillar ta’sir ko’rsatadi. Mashhur olim N.Keymars “Kishilar hayotini saqlab qolishning xozirgi zamondagieng samarali usullaridan biri tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishdagi ijtimoiy munosabatlarni xududiy meyoriy jihatdan boshqarishdir” deb takidlagan edi. Binobarin ekologik havfni tushunish, uning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridab biri sifatida xalqaro hamkorlik va bunga qat’iy rioya qilishni taqoza etadi. Buning uchun har bir davlat ekologik siyosatning strategik maqsadi va tamoyillarini, asosiy yo’nalishlari va uni amalga oshirish yo’llari aniq belgilangan bo’lishi shart, chunki ekologik havf chegara himoyali, millat va elatni tanlamaydi, cheki yo’q xad-xudud sirdir. Demak, ekologik havf deganda, biologik tur soninig kamayishi yoki butunlay yo’qolishi, litosfera, atmosfera, gidrosferaning ifloslanishi, ekotizim mahsulotining ramayishi yoki butunlay yo`qolishi, o’rmonlarning ktskin qisqarishi, ozon tuynigining paydo bo’lishi, global iqlim o’zgarishlari, yashash muhitining sifat ko’rsatkichlari manfiy tomonga o’zgarishi kabilar tushuniladi. Ekologik havf-ekologik inqiroz tomon qo’yilgan birinchi qadamdir. Aynan ilk xatoni tez tuzatish orqali ekologik fojialar oldi olinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling