Андижон ҳайвонот боғИ


ENERGIYA TEJOVCHI LYUMINESSENT LAMPALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH


Download 1.14 Mb.
bet20/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ENERGIYA TEJOVCHI LYUMINESSENT LAMPALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH


Hasanova D.T., Jo’rayeva N.D., Damindjanova S.A.
Andijon davlat universiteti
Mamlakatimizda energiya tejaydigan lampalardan foydalanish yil sayin kengayib bormoqda. Lampalarga bo’lgan extiyojni qondirish uchun ularni yurtimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ushbu lampalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularning xizmat qilish muddati uzoq bo’lib, to’xtovsiz 8000 soat yonib turishi mumkin. Bu oddiy cho’g’lanma lampalarga nisbatan 4-5 marotaba kam energiya sarflaydi. Hozirgi paytga kelib lyuminessent
lampalar assortimenti 44 ta turdan iborat bo’lib, ular orasida E14/ E27/ E40 sokolli 9W, 11W, 15W, 20W, 25W, 32W, 36W, 45W, 65W, 85W lampalari bor. Shuningdek, ikkita rangli diapazonga ega: 2700K (sariq rangli) va 6500K (oq rangli), o’z shakliga ko’ra lampalar Full Spiral va Half Spiral shaklida chiqariladi. Lyuminessent lampalarni ishlab chiqarish xorijiy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy va yuqori professional uskunalarida amalga oshiriladi, bu bir yilda 6240000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga imkon beradi. Ishlab chiqarish jarayoni barcha bosqichlarni – xomashyoni qayta ishlashdan ishlab chiqarish va o’rashgacha bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bu xarajatlarni ancha tejash va lampalarning tannarxini pasaytirishga imkon beradi.
Lyuminessent lampa- ishi lyuminessensiya hodisasiga asoslangan lampa; gaz-zaryadli yorug’lik manbai. Ichki devoriga lyuminoforlar qatlami surkalgan, ichiga inert gazi (argon, geliy va boshqalar) va metallar ( simob) bug’i to’ldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki o’tganda lampada elektr zaryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar tasirida metall atomlari so’ngra lyuminofor yorug’lik socha boshlaydi. Lampaning yorug’ligi tabiiy yorug’likka yaqin bo’lishi uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar shunday turga yaqin bo’ladi. Lyuminessent lampalar ishlab chiqarishda amalgama (simob va ruxning sharsimon shakldagi qotishmasi) qo’llaniladi. Ishlab chiqarish uskunasi germetik tarzda, simobning havoga chiqib ketishi va ochiq suv havzalariga tushishining oldini olgan holda ishlaydi.
Atrof muhit simobdan zararalanishini oldini olish maqsadida mamlakatimizda ishlatib bo’lingan simobli lampalarni yig’ish ishlari bilan utilizatsiya tashkilotlari, lampa ishlab chiqargan korxonalarning o’zi shug’ullanishi, shuningdek ushbu mahsulotlarni sotish punktlari orqali maishiy chiqindilarni yig’ish punktlarida lampalarning sinishi va ular tarkibidagi simobning havoga, suv havzalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishidan himoyalangan holda alohida idishlar o’rnatish orqali amalga oshirilishi belgilanagan. Joriy yilda masalan, Andijon viloyatida shunday lampalarni to’playdigan 84 punkt tashkil etildi. Shuningdek, energiya tejamkor lampalarni utilizatsiya qilishga topshirayotgan tashkilotlar soni yil sayin ko’paymoqda. Bu yil qariyb 500 korxona va tashkilot o’z muddatini o’tab bo’lgan lyuminessent lampalarni topshirdi.
Lyuminessent lampalarni utillashtirish alohida yondashuv hamda jiddiy tayorgarlikni talab etadi. Lampalarda joylashtirilgan simob moddasi nafaqat aholi salomatligiga balki, atrof-muhitga ham zarar yetkazadi. Tarkibida simob saqlovchi moddalarning ekologiya tizimiga ta’sir darajasi birinchi toifaga taaluqli bo’lib, har bir lyuminessent lampada 3-5 mg bug’ ko’rinishidagi simob mavjud. Simob bug’i tirik organizmga tushgan holatlarda turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu holatlarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda energiya tejaydigan simobli lampalarning ishlatilib bo’lganlarini to’plash va utilizatsiya qilish tizimi yaratilib, ularning plastik, metall va elektron qismlarini qayta ishlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda lampalarni amalgamadan foydalanib ishlab chiqarish, utilizatsiya jarayonini yanada takomillashtirish, aholini suyuq simobsiz lampalar bilan ta’minlash atrof –muhitga va inson salomatligiga simobning ta’sirini kamayishiga, sog’lom ekologik balansni hosil qilishga yordam beradi deb hisoblaymiz.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling