Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash


Download 0.87 Mb.
bet15/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash
Ta’lim jarayonida o’qitish metodlarini va vositalarini tanlash ko’plab obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq:

  • ta’lim qonuniyatlariga va prinsiplariga;

  • insonni rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limi maqsadiga;

  • aniq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarga;

  • ta’lim motivatsiyasi darajasiga;

  • aniq o’quv predmetini o’qitish metodikasi xususiyatlariga;

  • material mazmuniga;

  • u yoki bu materialni o’zlashtishga ajratilgan vaqtiga;

  • o’quv materiali miqdori va murakkabligiga;

  • o’quvchilarni tayyorgarlik darajasiga;

  • o’quvchilarni yosh va individual xususiyatlariga;

  • o’quvchilardagi o’quv ko’nikmalarini shakllanganligiga;

  • mashg’ulot turi va tuzilishiga;

  • o’quvchilar miqdoriga;

  • o’quvchilarni qiziqishiga;

  • o’quv jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi hamkorlikka;

  • moddiy-texnik ta’minotiga;

  • pedagog shaxsi xususiyatlariga.

Ta’lim nazariyasida o’qituvchilarni amaliy tajribalarini umumlashtirish va o’rganish asosida o’quv-tarbiya jarayonlarida ta’lim metodlarini tanlashga oid yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Ta’lim metodlarini tanlash:
― o’quvchilarni tarbiyalash, rivojlantirish, ta’lim berish, ma’lumotli qilish umumiy maqsadlariga;
― o’quv predmeti va mavzu mazmuniga;
― aniq o’quv predmetini o’qitish metodikasi xususiyatlariga;
― aniq bir darsni maqsad va vazifasiga hamda mazmuniga;
― materialni o’rgatish uchun ajratilgan vaqtga;
― o’quvchilarni yosh xususiyatlariga hamda ularni bilish imkoniyatlari darajalariga va o’quvchilarni tayyorgarlik darajalariga;
― o’quv muassasasini moddiy, uslubiy ta’minlanganligiga;
― o’qituvchini xususiyat va imkoniyatlariga, nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasiga, uslubiy, kasbiy mahoratiga, shaxsiy sifatlariga bog’liq.
Yuqoridagi mezonlarga ko’ra o’qituvchi darsda u yoki bu metodlardan foydalanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling