Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
Taqrizchilar:
Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent: A.M.Negmatova Pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD),dotsenti: F.M.Qo’chqarova KIRISH Bugungi zamonaviy taʼlim tizimini tubdan oʼzgartirish, taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonining sifati va samaradorligi oshirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash hamda prezidentimizning “2022- 2026”yillarga moʼljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” farmonida “....kadrlar bilimi va malakasini xalqaro standartga olib chiqish” ustuvor vazifalar etib belgilanishi yangi avlodni voyaga yetkazishda katta islohotlarni amalga oshirilishini belgilab beradi. Xususan oliy taʼlim muassasalarini taʼlim sifatini oshirish, talabalarda pedagogik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini hal etishning huquqiy - meʼyoriy asoslari yaratilmoqda. Bugungi kunga kelib, allaqachon, raqamli muhit bilan oʼralganmiz va taʼlim unga tezda moslashishi, uning afzalliklaridan foydalanishi kerak. Buning uchun esa jamiyatni raqamli koʼnikmalarga ega va ilgʼor texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʼlgan kreativ kadrlarni yetishtirish lozim. Yangi Oʼzbekistonning istiqboli ilm-fan, texnika, taʼlim taraqqiyoti bilan intelektual salohiyatga ega pedagog kadrlarni voyaga yetkazish bilan bogʼliqdir. Oʼquv qoʼllanmada zamonaviy taʼlim jarayonini mohiyati, nazariy va metodologik asoslariga, mazmuni, funktsiyasi, tarkibiy qismlariga, ularning vazifalariga jiddiy eʼtibor berilgan. Shu bilan birga pedagogik faoliyatni olib borish jarayonida oʼquvchilarning mustaqil,kreativ,tanqidiy fikrlash koʼnikmalarini rivojlantirish texnologiyalari toʼgʼrisida nazariyalar yoritilgan. Boshlangʼich talim yoʼnalishi talabalari oʼzining ilmiy pedagogik faoliyatini didaktik jarayonlarda qanday olib borishi, muammoni tanlash va uni asoslash,uni oʼrganishning oʼziga xosliklari, asosiy tushunchalari, ularning tasnifi kabi masalalar yuzasidan har tomonlama mukammal tavsiyalar berilgan. Mazkur oʼquv qoʼllanma aynan ushbu muammolarni keng yoritib bergan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling